• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat tilida ish yuritmaganlik uchun javobgarlik belgilanishi fuqarolar huquqlarini buzadimi? Ekspert izoh beradi

    Adliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan, davlat idoralarida davlat tilidan foydalanmaslik uchun jazo belgilanishini ko‘zda tutgan qonun loyihasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi bahs ishtirokchilari ushbu loyiha amaldagi qonunchilikka zid kelishini ta’kidlamoqda. “Daryo” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida ekspert, yurist Ubaydulla Xo‘jayevga murojaat qildi.

    Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in bahslarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu loyiha mazkur kodeks 42-moddasini yangi qism bilan to‘ldirishni nazarda tutadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Unda davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanib, mazkur mansabdor shaxslarga BHVning ikki-besh baravarigacha jarima qo‘llanilishi mumkin.

    Davlat tilida ish yuritish

    Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanishini belgilagan.

    Demak, qonunga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari davlat tilida ish yuritishlari shart. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish deganda, ushbu organlar faoliyatida hujjatlarni tayyorlash, hujjat aylanishi va hujjatlar bilan ishlashga oid faoliyat tushuniladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.

    Umuman olganda, bir jihatdan, davlat organlarida barcha uchun bir tilda (davlat tili yoki rasmiy til) ish yuritish tartibini belgilash jamiyat a’zolarining qonun hujjatlarini qiyinchiliksiz tushunish va davlat organlari faoliyati bilan tanishish  imkoniyatini kengaytiradi. Shu nuqtayi nazardan bunday qoidalar ko‘plab mamlakatlarda amal qiladi.

    Ammo ushbu yangilik ortidan ba’zi bir e’tirozlar bildirilib, bunday javobgarlikni belgilash fuqarolar huquqlari buzilishiga olib kelishi mumkinligi, amaldagi ma’muriy javobgarlik tarkibi yetarli ekani kabi fikrlar bildirildi. Quyida ayrim holatlarga huquqiy javob qidirdik, lekin bunda mazkur javobgarlik qanchalik adolatli va maqsadga muvofiq ekani muhokama qilinmadi.

    Zero, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi talablariga rioya qilmaslikka nisbatan qanday huquqiy ta’sir chorasi ko‘rish masalasi jamiyat tomonidan asosli bahslar va barcha muhim jihatlarni inobatga olgan holda muvozanatli bir shaklda hal etilishi lozim.

    1. Davlat tilida ish yuritish tartibini buzish uchun javobgarlik amalda mavjudmi?

    Qonunchilikka muvofiq davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish huquqbuzarlik sifatida ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respulikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga ko‘ra:

    Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lekin ushbu huquqbuzarlik tarkibi, ko‘rinib turganidek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni qamrab ololmaydi. Davlat tilini mensimaslik turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin, lekin davlat tilida ish yuritmaganlikni mensimaslik deb baholab, ushbu modda bilan kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi. Masalan, qonun davlat tilida ish yuritishni majbur qilganiga qaramay davlat organi ish yurituvida rus, ingliz yoki boshqa tildan foydalanish mazkur 42-modda bilan javobgarlikka sabab bo‘lolmaydi.

    Ayrimlarning ushbu modda davlat tilida ish yuritmaganlik uchun javobgarlikni qamrab olishi haqidagi e’tirozlari jiddiy asosga ega emas. Zero, javobgarlik belgilovchi qoidalar aniq va ikki xil talqin qilinmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak.

    Shu bilan birga, qonunda o‘rnatilgan talab buzilgani uchun ta’sir chorasi belgilanmasligi qonun ustuvorligini ta’minlash imkonini pasaytiradi. Qonunda davlat organlarida davlat tilida ish yuritish shartligi belgilangan ekan, bu talabni buzganlik (ya’ni qonunni buzganlik) uchun ta’sir chorasi belgilanishi mantiqiy va to‘g‘ridir. Javobgarlik darajasi qanchalik oqilona va maqsadga muvofiqligi ham muhokama qilsa bo‘ladigan masala, absurd emas. Bu bo‘yicha faqatgina tadqiqotlar asosidagina aniq xulosaga kelish lozim.

    Shuningdek, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida davlat tilida ish yuritish shartligi belgilangan bo‘lsa, loyihada davlat tashkilotlari atamasi ishlatilgan. Davlat tashkilotlari deganda davlat organlaridan tashqari mulkdori davlat bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari va ayrim xo‘jalik jamiyatlari ham tushuniladi. Ushbu kengaytirilgan atamani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘ri bo‘lardi.

    2. Davlat organlari va muassasalariga murojaatlar va ularga beriladigan javoblar tili

    Qonunga yuqoridagi qo‘shimcha kiritilgan taqdirda, davlat organlari (shuningdek, muassasalari)ga murojaat qilish huquqi cheklanishi va unga faqat davlat tilida javob berilishi mumkinligidan xavotirlar bildirildi.

    “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin (Qonunning 6-moddasi beshinchi qismi). Murojaatlarga javoblar esa mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

    Demak, istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs davlat organlariga mazkur qonun talablariga muvofiq istalgan tilda murojaat qilish huquqiga ega. Yangi loyihada belgilanayotgan ta’sir chorasi fuqarolarning davlat organlariga murojaat huquqini aslo cheklamaydi va uning tartibga solish predmeti butunlay boshqadir (bu haqda yuqorida aytildi).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Davlat tilida ish yuritish talablarini buzish va jarimaga tortilishdan qo‘rqib boshqa tildagi murojaatlar davlat tilida javob berilishi haqidagi xavotirlarni ham asosli deb bo‘lmaydi. Murojaatga javob berish masalasi to‘liq “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi va unga muvofiq javob berilishi talab qilinadi, ya’ni imkon qadar murojaat tilida javob berishlishi kerak.

    Bu ikki norma o‘zaro zid kelmaydi. Fuqarolar huquqlarini buzilishiga olib keladigan xavf ham ko‘rinmaydi. Demak, Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi boshqa tillarga oid hech qanday cheklovlar kiritmaydi va fuqarolar huquqlarini cheklamaydi, bunday cheklanish xavfini ham keltirib chiqarmaydi.

    3. Qanchalik adolatli?

    Xalq (millatidan qat’i nazar O‘zbekiston fuqarolari) davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida (suveren), o‘zi saylagan parlament orqali hamda Konstitutsiya va umume’tirof etilgan qoidalar asosida yuqoridagi loyihadagi kabi ta’sir choralarini belgilashga haqli.

    Davlat organlarida davlat tilida ish yuritish talablarini buzganlik uchun loyihada taklif etilayotgan ta’sir chorasi belgilash sof huquqiy hodisa bo‘lib, u shubhasiz jamiyatda qaror topgan qadriyatlar, adolat tamoyillari, real vaziyatdan kelib chiqib, muvozanatli va har tomonlama o‘rganilgan holda amalga oshirilishi lozim. Bunda jamiyatdagi asosli va konstruktiv bahslar, fikrlar xilma-xilligi ijobiy ahamiyat kasb etadi.

    Huquq ijodkorligi (huquq normalari ishlab chiqish va o‘rnatish) va huquqiy siyosatni belgilash plyuralizmga, ya’ni turli fikrlar asosidagi bahs-munozaralarda tug‘iladigan dalillangan mavqelarga asoslanishi kerak (bu haqida yetarli fundamental adabiyotlar mavjud). Shundagina jamiyatning turli guruhlari manfaatlarining muvozanatini topish va maqsadga muvofiq huquq o‘rnatish mumkin. Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, ijtimoiy me’yorlar tabiiy riavishda evolyutsion shaklda rivojlanadi va pishib yetiladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    26.05.2020, 19:46   Izoh (0)   58562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 27-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi

    26.05.2020, 19:30

    Shavkat Mirziyoyev: 100 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan, navbat kutmoqda

    26.05.2020, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev “qizil” va “sariq” hududlarda kunlik test olish sonini oshirish haqida ko‘rsatma berdi

    26.05.2020, 19:05

    Peterburgda odam o‘g‘irlaganlikda gumonlanib 3 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

    26.05.2020, 19:01

    Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirishni buyurdi. Toshkent “qizil” hududga aylanishi mumkin

    26.05.2020, 18:53

    Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda

    26.05.2020, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.