24-may kuni soat 20:20 larda Buxoro shahri Poyi Ostona ko‘chasida yashovchi 23 yoshli qiz Labihovuz majmuasidagi hovuzga sakrab, o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qiz ruhiy xastalikdan aziyat chekkan.
Shu yerda xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi leytenant Feruz Toshev tomonidan fuqarolar ko‘magida qiz suvdan chiqarilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va oilasiga topshirilgan.
Majmuaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videotasvirda qiz dastlab g‘ira-shirada suv deb o‘ylab tosh supaga, so‘ngra hovuzga sakraganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)