Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 403 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 5,1 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:
- Qarag‘anda viloyati — 90 (19,1 foiz);
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 6 (15 foiz);
- Turkiston viloyati — 33 (11,8 foiz);
- Aqto‘be viloyati — 18 (7,1 foiz);
- Chimkent — 33 (5,7 foiz);
- Olmaota — 97 (4,7 foiz);
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 16 (4,3 foiz);
- Kostanay viloyati — 5(4,3 foiz);
- Jambil viloyati — 10 (4 foiz);
- Nur-Sulton — 58 (3,8 foiz);
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 2 (3,3 foiz);
- Atirau viloyati — 22 (2,6 foiz);
- Olmaota viloyati — 6 (2,2 foiz);
- Qizilo‘rda viloyati — 5 (1,8 foiz);
- Mang‘istov viloyati — 2 (1,2).
Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi
Ta’kidlanishicha, infeksiyani yuqtirib olgan bemorlarning aksariyati Norin viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi — 25 kishi. Shuningdek, Bishkekda 6 kishida — ulardan biri yaqinda Sankt-Peterburgdan kelgan harbiy xizmatchi, Chuy viloyatida 3 kishida (barchasi Sol-Ileskdan kelgan) aniqlangan.
Bundan tashqari, yana 2 nafar tibbiyot xodimida ham virus qayd etilgan. Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlari soni 275 kishiga yetdi, ularning 230 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1403 kishini tashkil etmoqda, ularning 980 nafari sog‘aygan, 14 bemor vafot etgan.
O‘zbekistonda 24-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 2532 nafari sog‘aygan, 587 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)