Samarqand viloyatining Samarqand shahrida 21-may kuni velosipedchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa soat 19:05 larda Q.Rumiy ko‘chasi 6-uy qarshisida yuz bergan. 1971-yilda tug‘ilgan A.V. ismli erkak boshqaruvidagi Captiva tezlikni me’yordan oshirgan holda harakatlanayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan qulog‘iga quloqchin taqqan holatda velosiped boshqarib o‘tayotgan, 1985-yilda tug‘ilgan N.Ya.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi 35 yoshli N.Ya. ismli erkak olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Farg‘ona viloyatida yuz bergan YTHlar oqibatida ikki velosiped haydovchisi vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)