• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dollarning kelajagi va “niqobini” yechayotgan Zelenskiy. Rossiya uchun osmonini yopayotgan AQShning maqsadi nima? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Dollarning kelajagi qanday bo‘ladi?

    Pandemiya sababli mart oyi oxirlaridan boshlab dunyo bozorlaridagi vaziyat yomonlasha boshladi. Xalqaro sarmoyadorlar bu safar ham 2008-yildagi moliyaviy inqiroz paytida jon saqlash uchun yana dollarga murojaat qildi. AQShning federal zaxirasi esa xalqaro hamkorlarini dollar yetkazib berish maqsadida ulkan hajmdagi pullarni zarb qilishga kirishib ketdi. Ikkinchi jahon urushidan 75 yil o‘tgan bo‘lsa-da, dollar hamon dunyoning birinchi raqamli valyutasi bo‘lib kelmoqda, deb yozadi The Foreign Affairs nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rivojlanayotgan bozorlarning o‘sib borayotgani va AQSh iqtisodiyotining zaiflashuvi manzarasida dollarning o‘z nufuzini saqlab qolayotgani diqqatga sazovor. Agarda 1960-yillarda AQSh dunyo yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun bu ulushning 25 foizigina AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuni ham aytish joizki, bugungi kunda dollarning o‘z nufuzini saqlab qolishi rasmiy Vashingtonning COVID-19 pandemiyasini qay tarzda yengish salohiyatiga ham bog‘liq.

    Dollarning xalqaro nufuzi AQSh hukumatiga dollardagi aktivlarni nisbatan past qiymatlarda to‘lash imkonini berishi bilan muhim. Bundan tashqari, dollarning maqomi AQShga sezilarli darajada savdo defitsitlariga, kurs o‘zgarishlaridan keladigan xatarlarni qisqartirishga, moliya bozorini likvidli bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, dollar Amerika banklariga dollar bilan moliyalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

    Xitoy iqtisodiyotining qudratga to‘lishini inobatga olsak, dollarning o‘z nufuzini ancha uzoq vaqtdan beri saqlab kelayotgani bir qarashda noodatiydek. Hozirda Xitoy yuani dollarning o‘rnini egallash salohiyatga ega. Xitoy iqtisodiyotining ko‘lamlarini, kelajakdagi o‘sish suratini, xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvini, yuanning xalqaro integratsion jarayonlarga tortilishini qo‘llab-quvvatlashning avj olgani kabi sabablar Xitoy valyutasining kelajagi borasida ijobiy tasavvurlar uyg‘otadi. Biroq bu omillar ham yuanning dunyoning birinchi raqamli valyutasi bo‘lishi uchun yetarli emas.

    Buning uchun Xitoy hukumati bir qator to‘siqlarni bartaraf etishga to‘g‘ri keladiki, bu choralarga bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ulkan yutuqlarga erishish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, natijador va yaxshi tashkillangan moliyaviy bozorlarni yaratish xalqaro sarmoyadorlarning yuanga nisbatan hurmatini yuzaga keltiradi. AQSh hukumati esa Xitoy bilan raqobati ortida, aslida, nima turganini yaxshilab tushunib olishi kerak. AQSh hukumati moliyaviy va texnologik innovatsiyalarda peshqadam bo‘lishni uddalashi zarur.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xitoyning raqamli valyutasini dollarga raqobatchi bo‘ladi, degan fikrlarni mubolag‘alashtirishga esa asos yo‘q. Dollarga xalqaro yetakchilikni keltirgan omillar asosida esa oqilona ishlab chiqilgan makroiqtisodiy va fiskal strategiya asosiga qurilgan o‘sib borayotgan iqtisodiyot, shaffof va ochiq boshqaruv tizimi va dunyo siyosati, iqtisodiyoti hamda xavfsizlik tizimidagi yetakchilik  yotadi. Shunday ekan, dollarning nufuzi Xitoydagi vaziyatga emas, aksincha pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga AQSh moslasha oladimi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

    Xitoydagi bank moliya sohasidagi islohotlar va rivojlanish ko‘lami qanchalik ulkan, yuqori bo‘lmasin, raqamli yuan Xitoy yuani ekanicha qolaveradi. Pulning shakli o‘zgarsa-da, to‘lov birligi hamon o‘sha – oldi-sotdi vazifasi. Xitoy o‘z valyutasini xalqaro hisob-kitoblar jarayoniga tortishga urinar ekan, hamon neft, xomashyo hisob-kitoblarida dollar bilan hisob-kitob qilish saqlanib qolmoqda.  XXI asrda funt sterling va dollar xalqaro valyuta hisob-kitoblarida ustunlik maqomida bo‘ldi, keyinroq esa xalqaro valyuta rezervlari qatoriga yapon iyeni, yevro, qo‘shildi.

    Bugungi kunda esa Xitoy yuani ham xalqaro rezerv valyutasi bo‘lish uchun salohiyatga ega. Ammo yuan xalqaro hisob-kitoblarda dollar bilan raqobatlashadigan darajaga chiqadi, deyish haqiqatdan yiroq. Xitoyda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi saqlanib qolar ekan, Xitoy yuani xalqaro rezerv valyutasiga aylanishi uchun ulkan iqtisodiy islohotlarga zarurat bor. Ulkan iqtisodiy islohotlar esa rasmiy Pekin uchun kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘lishi mumkin.

    O‘z navbatida dollar dunyo valyutasi maqomida qolar ekan, AQSh hukumati ham dunyo miqyosidagi savdo va texnologik sohalardagi raqobatda xalqaro normalarni va tartibni mukammallashtirishda tashabbusni qo‘ldan boy bermasligi, dollarni sanksiyalar quroli sifatida ishlatishdan tiyilishi kabi muhim vazifalarni oqilona hal etishi joiz. Bunday tadbirlar esa dollarga ishonchli valyuta ekanida, albatta, yordam beradi.

    Ruslar uchun osmonini yopayotgan AQSh

    The Bloomberg kolumnisti Eli Leyk AQSh hukumatini ruslar bilan 1992-yilda imzolangan muhim shartnomadan chiqishini olqishlab maqola chop etdi. Muallif nazarida, Rossiya hukumati bitim bandlarini muntazam ravishda buzib keladi va tinchlik shartlarini xavf ostida qoldiradi. Biroq rasmiy Vashington ruslarning shartnomani buzishi borasida biror-bir dalil keltirmagan. Agarda bitim shartlariga bir taraf amal qilmayotgan bo‘lsa, u holda ikkinchi taraf shartnomadan chiqish uchun to‘laqonli huquqqa ega.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Prezident Donald Tramp Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvdan chiqishini e’lon qilgach, muxolifatchi partiyalar Trampni yana bir muhim shartnomadan chiqishi borasida tanqid qilib chiqdi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Maykl Xeyden o‘zining Twitter’dagi sahifasida bunday harakatni aqlsizlik deb atadi. AQShning BMTdagi sobiq vakili Samanta Pauer o‘zining Twitter’dagi sahifasida esa “Ittifoqchilarimiz ishtirok etayotgan shartnomadan chiqish bu Trampning uzoqni ko‘rolmaydigan siyosati natijasidir”, deya o‘z fikrini qoldirdi.

    Muallif fikricha, Tramp tomonidan qabul qilingan qaror tafsilotlariga ko‘ra ham, tamoyiliga ko‘ra ham to‘g‘ri. Ochiq osmon bo‘yicha kelishuv 1992-yilda imzolangan bo‘lib, mazkur shartnoma amerikalik va rus razvedka uchoqlariga harbiy obyektlar va qurolli kuchlar harakatlanadigan nuqtalar ustidan parvoz qilish imkonini beradi. Shartnomadan ko‘zlangan maqsad esa shartnomani imzolagan 35 mamlakat o‘rtasida qurollanish borasida a’zo mamlakatlar o‘z bo‘yniga olgan mas’uliyatni qanday darajada bajarayotgani borasida o‘zaro ishonchni hosil qilish.

    Nazariy jihatdan olib qaraganda bu yaxshi g‘oyaga o‘xshaydi. Osmondan kuzatish Rossiya tarafining qurollanish borasidagi muhim kelishuvni qanday tarzda bajarayotganiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur shartnoma orqali a’zo mamlakatlarning qurolli kuchlari tinchlik vaqtida qayerlarda harakat qilayotgani borasida harbiy rejalashtirish imkonini beradi. Ammo shartnomaning bir kamchiligi shundaki, Rossiya tarafi muntazam ravishda shartnoma bandlarini buzib kelmoqda.

    Misol uchun, 2014-yilda Rossiya harbiylarining Qrimga, keyinchalik esa Ukraina sharqiga bostirib kirishi Rossiya 1994-yilda Ukraina chegaralari butunligini hurmat qilishi haqidagi majburiyatni bajarmaslik hisoblanadi. Ukraina esa o‘z hududida joylashtirilgan yadro qurollaridan voz kechish evaziga yuqoridagi majburiyatlar kafolatlanishini qo‘lga kiritgan edi. 1987-yilda imzolangan o‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish borasidagi shartnomaga muvofiq Rossiya Yevropada shunday raketalarni yo‘q qilish bilan bog‘liq bandlarnigina bajardi va bu hol 2008-yilga qadar davom etdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2008-yildan boshlab esa rus hukumati 1987-yilda imzolangan shartnomani uzoq masofadan turib boshqariladigan qanotli raketalarning tajribasi bilan shug‘ullanib buza boshladi. AQSh tarafi esa 10 yildan oshiq vaqt mobaynida Rossiyani avvalroq imzolangan shartnoma bandlarini bajarishga chaqirib keldi. Biroq Putin Yevropadagi nishonlarga zarba berishi mumkin bo‘lgan raketalarni takomillashtirishdan bosh tortmadi. Shu boisdan ham 2018-yilning oktabr oyida NATO shartnoma bandlarini buzayotgani haqida rasmiy ma’lumot berdi, AQSh hukumati esa 1987-yilda imzolangan shartnomadan chiqishini ma’lum qildi.

    Ochiq osmon haqidagi shartnoma kuchga kirgach, Rossiya avvaliga shartnomaning bandlarini bajarib keldi. Ammo hokimiyat tepasiga Obama kelgach, rus tomoni AQSh qurolli kuchlariga ayrim harbiy obyektlar uzra parvoz qilishda ruxsat bermadi. Rasmiy Vashington rus hukumati  AQShning muhim infratuzilmalari joylashgan nuqtalarni rasmga olishi va xaritaga tushirayotgani borasida  muhim dalillari borligini bildirdi. Amerikalik senator Tom Kotton “Ochiq osmon haqidagi shartnoma ezgu niyatlar bilan qudratli davlatlarga ishonch sari yo‘l ochishga yordam berish uchun dunyoga kelgan bo‘lsa, Rossiya razvedkasining josusi sifatida jon taslim qildi”, deb Ochiq osmon haqidagi shartnomaga ta’rif berdi.

    Hozirda amerikalik siyosatchilar Rossiyadan shartnoma bandlarini bajarishga chaqirib kelayotgan bo‘lsa-da, rus tarafi amerikalik diplomatlarning chaqiriqlarini javobsiz qoldirib kelmoqda. Qudratli davlatlar o‘rtasidagi shartnomalar xavfsizlikni saqlash uchun tuziladi, ammo shartnoma imzolagan taraflardan biri shartnoma bandlarini bajarmaslikni ma’qul ko‘rar ekan, undan naf bo‘lmaydi. Tramp va noyabrda Oq uyga keladigan yangi prezident shartnoma bandlari bajarilmayotgani uchun shartnomadan chiqqanligi tamoyilida sobit tursa, kelajakda qurollanishni nazorat qilish borasidagi shartnomalar hozirda bajarilmayotgan shartnomalardan ko‘ra ko‘proq xavfsizlikni ta’minlashga yordam berishi mumkin.

    Tramp Ochiq osmon haqidagi kelishuvdan chiqar ekan, uning ma’muriyati yadroviy qurollanish borasida strategik hujum qurollari  muddatlarini uzaytirish uchun Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga rozilik olgan. Aftidan, Tramp qurollanishni nazorat qilishga qarshi emasligini, ammo qurollanish haqidagi shartnoma bandlari buzilishiga qarshi ekanini aniq qilib ko‘rsatib qo‘ydi.

    “Niqobini” yechayotgan prezident yoxud Zelenskiyga nima bo‘lyapti?

    The Independent nashri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgach, ancha o‘zgargani va bu o‘zgarishlar, asosan, nimalarda aks etayotgani haqida maqola chop etdi. Inauguratsiya marosimidan bir yil o‘tib, hokimiyat tepasida qolayotgan komik himoyalanish pozitsiyasida qolmoqda va u anchayin asabiy bo‘lib qolgan. Bunga sabab esa Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelganidan buyon muntazam ravishda davom etib kelayotgan inqirozlar bosimi ostida qolgani deb qaralmoqda.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Yo‘q joydan hokimiyat tepasiga chiqib qolgan Zelenskiyning katta sakrashi bir oz muddat ko‘pchilikda havas ham uyg‘otdi. U o‘z raqibi Pyotr Poroshenko ustidan saylovlarda sezilarli farq bilan g‘alaba qozondi. Oradan uch oy o‘tar-o‘tmas mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi va parlamentda o‘z partiyasiga ko‘plab ovozlar olib berishga erishdi. Tajribasiz, yosh, siyosat olamida hali ko‘pchilikka tanilib ulgurmagan prezident faol ravishda mamlakat oldidagi muhim muammolarni hal qilishga kirishib ketdi. Uning oldida turgan asosiy muammolar esa Ukraina sharqidagi muammolar, korrupsiya, islohotlar, qashshoqlik darajasi, tinchlik masalasi edi. Ukrainlar esa uning bu siyosatiga xayrixoh edi va hattoki uning bu siyosati oddiy ukrainlarga manzur kela boshladi.

    To‘satdan musiqa sadolari tin oldi. Sentabr oyida Kiyevda “Ukraina geyt” deb nom olgan “bomba” portladi, Vashingtondagi impichmentga bog‘liq muhokama jarayoni, Tehronda urib tushirilgan Ukraina avialayneri, Donbasdagi ayirmachilar bilan to‘qnashuvlar, prezident jamoasi ichidagi bahslar va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yosh prezident uchun kuchli ruhiy bosim bo‘ldi.

    Tabiiyki, bunday inqirozlar avvalroq barchada havas uyg‘otgan, millat kelajagi ishonchli vakilga o‘tgani haqida umidlarni uyg‘otgan, barchaning yuzida tabassum turishiga sababchi bo‘lgan yosh davlat boshqaruvchisi uchun oson kechmasligi ayon. 20-may kunidagi matbuot anjumanida so‘nggi bir yil mobaynida davlat boshida turgan, vaqti-vaqti bilan o‘z nutqlarida hazilomuz iqtiboslarni keltirishga odatlangan shaxs yil og‘ir kelgani haqida nutq so‘zlar, uning prezident bo‘lishidan avvalgi yoqimli qiyofasida va shaxsiyatida keskin o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin edi.

    Bu safargi chiqishida Zelenskiy ko‘pchilikda haqiqiy siyosatchi turganini namoyish ham qildi. Uch soat davom etgan matbuot anjumanida prezident o‘zini agressivroq tutdi va ko‘proq himoya qildi. Jurnalistlar ham yosh prezident tomon qaqshatqich savollar yomg‘irini yog‘dirdi. Prezident esa bundan achchiqlandi ham. Zelenskiyni jahlini chiqargan savollardan biri quyidagicha edi: “Nega prezident yuqori mansablarni tajribasiz do‘stlariga bermoqda?”. “Men ularga ko‘proq ishonaman,” dedi prezident va “Sizga ham mansab bersam, men bilan ishlab o‘z harakatlaringiz uchun javob bera olasizmi?” qabilida javob qaytardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bunday taklifni kutmagan jurnalist Roman Kraves The Independent nashriga bergan izohlarida prezident fikri bilan kelisha olmasligini, chunki taklif jiddiy ravishda yangramaganini  va prezident uning shartlariga ko‘nishi ehtimoli juda kamligini bildirgan. Bunday taklif esa prezident jamoasi o‘rtasida ishonch borasida ma’lum qarama-qarshiliklar mavjudligidan ham dalolat beradi.

    Ustiga ustak bu safargi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob bergan prezidentda Ukraina siyosati, umuman, kelajagi haqida yangi g‘oyalar va tashabbuslar bilan sug‘orilgan fikrlar ko‘rinmadi. Matbuot anjumanining eng diqqatga sazovor qismi uning ikkinchi muddatga saylanish haqidagi fikrlari bo‘ldi. Sababi saylovlar vaqtidagi nutqlarida Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish borasidagi fikrlari tamomila matbuot anjumanidagi fikrlaridan o‘zgacha edi. Zelenskiy o‘zini oqlar ekan, “Bir muddat saylovoldi kampaniyamda va’da bergan rejalarimni amalga oshirish uchun yetmasligini tushundim”, dedi.

    Matbuot anjumanining yana bir qiziqarli jihati — AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va Pyotr Poroshenko telefon suhbatining deputat Andrey Dekach tomonidan ochiqlanishi bo‘ldi. Bu ochiqlangan ma’lumotlarda hech bir yangilik bo‘lmasa-da, matbuot buni Baydenga yoki Poroshenkoga navbatdagi zarba berish uchun qaratilgan siyosiy qadam, deya baholashga ham ulgurdi. Baydenning noyabrdagi saylovlarda g‘olib bo‘lish imkoniyati u qadar ham yomon emasligi inobatga olinadigan bo‘lsa, Zelenskiy, ehtimol, telefon yozuvlarini Poroshenkoga qarshi ishlatishga urinmoqda.

    Zelenskiy asirlar bilan almashinish, COVID-19’ga qarshi tezkor choralar ko‘rish borasida o‘z saylovchilari oldida “yuzini” saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, prezidentning haqiqiy siyosatchi bo‘lish yo‘lidagi sinovlar hali oldinda. Karantindan chiqish, ukrainlarni qashshoqlik domiga botirgan pandemiya asoratlaridan xalos bo‘lish Zelenskiy hukumatining istiqbolli siyosiy rejalariga qarab belgilanadi. Zelenskiyning muvaffaqiyatli siyosati esa ko‘p jihatdan uning jamoasida ishlayotgan islohotchilarga ham bog‘liq.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    23.05.2020, 14:05   Izoh (0)   179479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8 mingga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda esa 1365 kishiga yetdi

    23.05.2020, 13:12

    Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga oshib, 11 165 nafarga yetdi

    23.05.2020, 12:53

    Pokistonda sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 97 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    23.05.2020, 12:15

    Xitoyda ilk bor sutka davomida koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi

    23.05.2020, 11:57

    Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi

    23.05.2020, 11:14

    AQSh davlat kotibi Amerikaning Ochiq osmon bo‘yicha kelishuvidan chiqayotganiga izoh berdi

    23.05.2020, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 10:15

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:15

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    Layfstayl | 16 iyun, 10:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Botafoga” ilk turda g‘alaba qozonib, “PSJ” bilan guruhda yetakchilik qilmoqda

    Sport | 16 iyun, 10:00

    “Hokim, vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 16 iyun, 09:58

    Peruda zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi

    Dunyo | 16 iyun, 09:53

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza”: Janubiy Koreyaning oila davrasida tomosha qilishga mo‘ljallangan ajoyib filmlari

    Kino | 16 iyun, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.