AQShning Kaliforniya shtatida qamoq jazosini o‘tayotgan erkak ovqat tayyorlash bo‘yicha blog yuritib, mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi Daily Mail.
Odam o‘ldirgani uchun umrbod qamalgan 31 yoshli Jeron Kombs TikTok’da @blockboyjmomey niki ostida blog ochdi. Erkakning sahifasi 1,3 millionta layk to‘pladi. Uning eng ommabop roligi esa 5,4 million marta tomosha qilindi.
Kombs ovqatlarni qamoqxona kamerasidagi bor imkoniyatlardan foydalanib tayyorlaydi. Masalan, u buzilgan mikroto‘lqinli pech va karavotdan gril yasadi.
Kombsning aytishicha, o‘zi tayyorlagan ovqat unga har doim shirin tuyulgan, shuning uchun ham u pazandalikka qiziqib qoldi. U pishirgan ovqatlaridan boshqa mahkumlarga ham beradi. Komb, ayniqsa, burritoni juda mazali tayyorlaydi.
Izoh (0)