Boston Dynamics kompaniyasining Spot roboti turli yumushlarni uddalagani tasvirlangan videolarni ko‘pchilik ko‘rgan, biroq Yangi Zelandiyaning Rocos kompaniyasi shu turdagi qurilmadan qishloq xo‘jaligida ham foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Bu hozircha faqatgina imkoniyatlar namoyishi bo‘lib, kelajakda amalga oshirilishi mumkin. Rocos kompaniyasi Boston Dynamics bilan hamkorlikda dasturiy platforma yaratish niyatida, bu esa Spot robotiga videoda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish imkonini beradi.
Ya’ni u qo‘ylarni boqishda, hosilni tekshirish va real vaqtda marshrutlar xaritasini yaratishda yordam berishi mumkin. Rocos’ning ma’lum qilishicha, bu turdagi robotlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini, hosildorlikni baholash aniqligini oshiradi va ishchilarga yengillik yaratadi.
Hozircha mazkur platforma qachon tayyor bo‘lishi noma’lum, biroq Boston Dynamics robotlarining qobiliyati hisobga olinadigan bo‘lsa, Spot bu turdagi vazifalarni uddalay olishi mumkin.
Izoh (0)