Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020-yil 1-may holatiga ko‘ra, rasmiy zaxiralar 31,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (18,5 milliard dollar) va xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (12,3 milliard dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qilishni boshlaganidan buyon birinchi marta ularning miqdori 31 milliard dollarga yaqinlashdi. Zaxiralarning o‘sishi asosan oltin narxining oshishi hisobiga yuz bergan. Mazkur zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” hisoblanadi. Ular noqulay tashqi sharoitlar vaqtida himoya buferi sifatida xizmat qiladi. Zaxiralarning yetarliligi noqulay tashqi sharoitlarning tabiatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston 16 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 milliard dollarni, 2019-yil esa 30 milliard dollarni tashkil etgandi.
Izoh (0)