Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Pyer-Emering Obameyang uchun kurashga PSJ klubi ham qo‘shildi. Bu haqida Le10Sport nashri xabar bermoqda.
Parijliklar hozircha gabonlik futbolchi transferi yuzasidan muzokarlarni boshlagani yo‘q. Ammo PSJ rahbariyati Obameyang transferi uchun 40-50 million yevro yetarli bo‘lishiga ishonmoqda.
Hujumchining “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil 30-iyunida yakuniga yetadi. Biroq Obameyang London klubi bilan yangi bitim borasida kelisha olmayapti.
30 yoshli hujumchining xizmatlariga “Barselona” hamda “Real” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning o‘zi esa bir necha bor “Real”da o‘ynash istagi borligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Pyer-Emerik 2018-yil yanvarida “Borussiya Dortmund” klubidan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi joriy mavsum APLning 26 ta o‘yinida qatnashib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yevropa Ligasida esa oltita o‘yinda uchta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)