Meksikaning Nuevo-Leon shtatida noodatiy shakldagi do‘l yog‘di, deb xabar berdi Daily Mail.
Yirik do‘l koronavirus shaklida bo‘lgan.
Mahalliy aholi vakillari Xudo shu tariqa uyda o‘tirish kerakligini eslatyapti, degan qarorga kelgan.
Tikonlarga ega do‘lning surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Jahon meteorologiya tashkiloti mutaxassissi Joze Migel Vinas suratlarni o‘rgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaklda hech qanday noodatiy holat yo‘q.
“Kuchli bo‘ron paytida turli o‘lchamdagi do‘llar bir-biriga urilib, ularning shakli o‘zgaradi, xususan, shunday tikonli shakllar ham paydo bo‘ladi”, — deydi mutaxassis.
Izoh (0)