Yaponiyada yashovchi erkak it deb o‘ylab boqib olgani aslida tulki bolasi bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Marsi ismli erkak trassada it bolasini ko‘rib qoldi va uni uyiga olib ketdi. U it yo‘qolib qolgan bo‘lsa, uni topish oson bo‘lishi uchun jonivorning rasmini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Luna laqabli kuchukchaning aslida tulki ekanligini ma’lum qildi. Erkak jonivorni veterinarga olib bordi va u ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
Yaponiyalik Lunaga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdi, biroq keyin uni maxsus fermaga topshirishiga to‘g‘ri keldi. Chunki Yaponiyada uyda tulki boqish taqiqlangan.
Izoh (0)