Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining holati haqida gapirdi.
“Otam hozirda shifoxonada, ahvoli juda og‘ir. Bu virus uning yurak faoliyatiga ham ta’sir qildi, bir yil avval uning yuragi operatsiya qilingandi. Mazkur operatsiya yana bir bor amalga oshirildi. Shu sabab uning holati og‘ir, o‘ta og‘ir. Allohga iltijo qilyapmiz, uni bizga qaytarishini so‘rayapmiz. Qo‘llab-quvvatlab turgan barcha rahmat aytaman. Yaratgan barchamizni o‘z panohida asrasin”, — deydi Nurmagomedov.
Avvalroq Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus borligi tasdiqlandi va uning holati o‘ta og‘ir darajada ekani xabar qilindi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)