• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusobodda 2019-yilning yozida bir o‘smirni mashinasida bosib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ayol 4 yilga qamaldi

    Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudida 2019-yilning yozida bir o‘smirni mashinasida bosib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ayol ustidan o‘tkazilgan sud ishi o‘z yakuniga yetdi. Avtomobilni boshqargan Larisa Tolmachyova aybdor deb topildi va u to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: Facebook/“Potrebiteli.uz”

    Foto: Facebook/“Potrebiteli.uz”

    Eslatib o‘tamiz, Larisa Tolmachyova Nexia-3 avtomobilida 2019-yil 4-iyun kuni 12 yoshli A.G., I.S., va Ya.S.ning ustiga yurib ketgandi. Olingan jarohatlar natijasida A.G. voqea joyida vafot etgan, I.S. oyog‘idan olgan jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ya.S.ga esa ambulator yordam ko‘rsatilgan.

    Sud jarayoni sudya Elza Shamsutdinova raisligida o‘tdi. Dastabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositasi harakati yoki xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan.

    Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, Larisa Tolmachyova 2019-yil 4-iyun soat 18:26 da Nexia-3 rusumli shaxsiy avtomobilni boshqara turib, Toshkent shahar Yunusobod tumani 11-mavzedagi 5, 6, 7-uylar o‘rtasidagi yo‘lda harakatlangan.

    Qayd etilishicha, transport vositasi harakati yo‘nalishini o‘ng tomonga o‘zgartirgan Larisa Tolmachyova yo‘l chetida turgan, 2007-yilda tug‘ilgan G.A., I.S., Ya.S. va 2006-yilda tug‘ilgan F.R.ni ko‘rgan. Biroq Larisa Tolmachyova harakatni davom ettirib, Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, beparvolik sababli G. A., I. S., Ya. S.ning ustiga avtomobilda yurib ketgan.

    Hodisa natijasida voyaga yetmagan G.A. olingan tan jarohatlaridan vafot etgan, jabrlanuvchi Ya.S. yengil tan jarohatlari olgan. Jabrlanuvchi I.S. esa o‘rta darajadagi tan jarohatlari olgan.

    Qayd etilishicha, sud jarayoni davomida sudlanuvchi, guvohlar, jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakillari eshitilgan, dalillar o‘rganib chiqilgan va sudlanuvchining himoyasi tomonidan keltirilgan ma’lumotlar tekshirilgan.

    Sud jinoiy ish materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib chiqib, Larisa Tolmachyovani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida Transport vositasi harakati yoki xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Sudning 2020-yil 18-maydagi qarori bilan Larisa Tolmachyovaga transport vositasini boshqarish huquqidan uch yilga mahrum qilgan holda to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni koloniyada o‘tash belgilandi va u 2019-yil 6-iyundan boshlab hisoblanishi belgilandi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining mazkur qarori ustida 10 kun ichida shikoyat yoki protest kiritish mumkin, mahkum va jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari qaror nusxasini olganidan keyin 10 kun ichida jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudining appelyatsiya instansiyasiga, hukm qonuniy kuchga kirgach esa jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudining kassatsiya instansiyasiga murojaat qilishi mumkin.

    Avvalroq mazkur voqea yuzasidan olib borilgan tergov jarayonlari va ochiq holda davom etayotgan sud ishining yopiq deb e’lon qilingani haqida xabarlar berilgandi.

    18.05.2020, 16:59   Izoh (0)   24655
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada pandemiya sabab og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar 1,2 mln rubldan ortiq yordam puli oldi

    18.05.2020, 16:43

    O‘zbekistonda hafta o‘rtasida quruq va iliq havo oqimi kirishi kuchayib, 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

    18.05.2020, 16:13

    Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

    18.05.2020, 15:33

    Samarqandda yana 21 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2275 nafarga yetdi

    18.05.2020, 15:03

    Toshkentdan viloyatlarga dastlabki poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    18.05.2020, 14:59

    Xorazmda Toshkent farmatsevtika institutining filiali tashkil etiladi

    18.05.2020, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:09

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.