Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga maxsus planshetlar tarqatildi. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov ushbu planshetlarning funksiyasi haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga so‘zlab berdi.
“Bu planshetdan foydalanilganida haydovchi va YPX xodimining o‘zaro muloqot qilishi shart emas. Xodim to‘xtash taqiqlangan joyda qoldirilgan avtomobilni planshet yordamida suratga oladi, maxsus bazaga ma’lumot kiritilganidan so‘ng planshet avtomobil egasining yashash manziliga jarima haqidagi qarorni jo‘natadi”, — deydi Qahramon Xudoyberganov.
Izoh (0)