O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 16-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Lola 15-may kuni 11 yoshga to‘lgan o‘g‘li Diyorning tug‘ilgan kuniga Fortnite o‘yini qahramoni aks etgan tort tayyorlatgan. Lolaning folloverlariga tortda aks etgan xoch yoqmadi. Xonandaning muxlislari uning qaysi dinga e’tiqod qilishini so‘rab, tort haqida salbiy izohlar yozib qoldirmoqda.

View this post on Instagram

11 лет исполнилось вчера моему мальчику! В условиях карантина сложно удивить детей , но нам очень хотелось порадовать Диёра и сделать так, чтобы этот день запомнился ему , как один из самых счастливых🎉🎂❤️ У нас была тинейджер парти , дети проходили квесты , готовили сами бургеры 🍔🍟, пили вредные газированные напитки 🥤🍹, танцевали под оооочень странную ,непонятную нашему поколению музыку🔥🙈 Стояли на ушах одним словом, как мы когда-то в детстве ,устраивая дискотеки в зале под магнитофон🕺😜 Отдельное спасибо @bmb_bakery за создание уникального дизайнерского торта для Диёра со скульптурой его любимого Трэвиса Скотта🪐🎤 Он был под впечатлением! 💥Мамочки чьи дети играют в FORTNITE меня поймут😉🎮

A post shared by Lola Yuldasheva (@lolaofficial_) on

Mavluda Asalxo‘jayeva ham 16-may kuni tavallud topgan o‘g‘lini tabriklab, samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

“Bravo” chi Otabek Mirzaxolov Shahlo Zoitova bilan Gagraga yo‘l oldi.

View this post on Instagram

Kettiiiiiik GAGRAgaaaa🤣🤣🤣

A post shared by Otabek Mirzaholov (@otabekmirzaholov) on

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Mohidavron qizi bilan o‘tkazayotgan karantin aks etgan surat bilan bo‘lishdi.

View this post on Instagram

Kim demiş huysuzuz diye😎

A post shared by Nur Fettahoğlu (@eclipsnf) on

Serialning yana bir yulduzi Xurram ham qizi bilan sayr qilmoqda.

Rayhon va farzandlari karantinda o‘zga sayyoraliklarga “aylanib qoldi”.

Zohirshoh Jo‘rayev yangi olgan Gelandewagen avtomobili salonini ko‘rsatdi.

Turk aktyori Murat Yildirim Marokash milliy taomlaridan birini tayyorlashni o‘rganib oldi. Bu ishda unga rafiqasi Iman Elbani yordam berdi.

Karantinni Istanbulda o‘tkazayotgan aktrisa Feruza Normatova esa karantinda turli pishiriqlarni pishirishni o‘rganganini bildirdi.

Muqaddas Sa’dullayeva esa haqiqiy go‘zallik qalb go‘zalligida ekanligini ta’kidlamoqda.

Bollivud aktrisasi Dipika Padukone 13 yoshligida tushgan suratini sahifasiga joyladi. Uning yonida o‘sha paytda ancha yosh bo‘lgan Amir Xonni ham ko‘rish mumkin.

“Haqiqiy baxt shon-shuhratda emas, balki farzand kulgusida”, — deydi xonanda Dilso‘z.