O‘zbekistonda 17-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 kishiga oshib, 2741 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, davolanayotgan 517 nafar bemordan 7 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.
“Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xababrida.
Avvalroq 16-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2738 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlarning soni esa 2213 nafarga yetgan, 11 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)