• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Navoiyda 2020-yil oxirigacha avtomobil zavodi ishga tushishi kutilmoqda. Unda Xitoy brendi ostida avtomobillar yig‘iladi

    “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida Eron bilan hamkorlikda Navoiy Motors qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Qiymati 12 million dollarga teng ushbu loyiha, O‘zAning qayd etishicha, O‘zbekiston “avtomobilsozlik sanoatida tub burilish yasashi kutilmoqda”.

    Korxona bosh texnologi Afshin Shokiriyning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda Xitoyning Oshan brendi ostida dastlab ichki bozor yo‘ltanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

    Afshin Shokiriyning qayd etishicha, avtozavod 2020-yil oxirigacha ishga tushishi rejalashtirilgan. Hozirda korxona qurilishi doirasida sement, o‘lchov, tuproq ishlari olib borilayapti, ish karantin talablari asosida tashkil etilgan.

    Oshan qanday brend?

    Internet Xitoy Oshan avtomobil brendi bo‘yicha so‘rov berilsa, faqat Changan avtomobilsozlik kompaniyasining Oushan (Ossan) va Oushang brendi ostidagi avtomobillari chiqib keladi. Har ikkala brend ostida yo‘ltanlamas va minivenlar bor.

    Jumladan, Oushan brendi ostida COS1°, COS1° GT, X7 yo‘ltanlamaslari, Cosmos miniveni ishlab chiqariladi.

    Oushan COS1°.

    Oushan COS1°.
    Foto: Wikipedia

    Oushan Cosmos.

    Oushan Cosmos.
    Foto: Wikipedia

    Oushan X7.

    Oushan X7.
    Foto: Wikipedia

    Oushan COS1° GT.

    Oushan COS1° GT.
    Foto: Wikipedia

    Oushang brendi ostida esa X70A, CX70 yo‘ltanlamaslari, A600, A800 minivenlari ishlab chiqarilgan.

    Oushang X70A.

    Oushang X70A.
    Foto: Wikipedia

    Oushang A600.

    Oushang A600.
    Foto: Wikipedia

    Oushang A800.

    Oushang A800.
    Foto: Wikipedia

    Oushang CX70 GT.

    Oushang CX70 GT.
    Foto: Wikipedia

    Oushang CX70.

    Oushang CX70.
    Foto: Wikipedia

    O‘zbekistonda ushbu modellarning aynan qay biri ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgani noma’lum.

    O‘zbekistonda ishga tushishi aytilgan boshqa avtozavodlar

    So‘nggi to‘rt yilda O‘zbekistonda avtozavod qurish istagini bildirgan kompaniyalar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Xususan, Changan kompaniyasi bilan bog‘liq xabarlar bir necha paydo bo‘lgan. 2018-yil iyunida kompaniya vakillari Farg‘ona vodiysida elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekani, 2019-yil mayida esa Jizzax viloyatida avtozavod qurish masalasida viloyat hokimligi bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida esa 2019-yildan Peugeot Expert va Peugeot Boxer ishlab chiqarilishi kerak edi, biroq keyinchalik ushbu loyiha to‘xtatilgani, qurib bo‘lingan zavodda Volkswagen kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv doirasida 2020-yildan yiliga 20 ming dona Volkswagen Caddy avtomobilini ishlab chiqarishi ma’lum qilindi.

    Bundan tashqari, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 2022-yildan Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda narxi taxminan 3 ming dollar, tashqi ko‘rinishi Mercedes AMG’ni eslatadigan elektromobillar, 2023-yildan esa Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Ioniq va Hyundai Kona elektromobil ishlab chiqarilishi boshlanishi kerak.

    Hyundai tomonidan vodiyning boshqa viloyati — Namanganda tijorat avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha avtozavod qurish loyihasi ham amalga oshirilayotgani, korxona 2020-yil birinchi choragida ilk mahsulotni taqdim etishi aytilgan. Popda esa 2019-yil sentabridan UzFoton brendi ostida mikroavtobuslar chiqishi kerak edi.

    2019-yil sentabrida Xitoyning Hebei Good Hope Logistics Development kompaniyasi Angrenda elektromobillar ishlab chiqaruvchi loyihani ishga tushirishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Fiat Chrysler, Henan Suda kompaniyalari ham O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.

    14.05.2020, 15:21   Izoh (0)   83298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda xavfli burilishda sirpanib ketgan taksi daraxtga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etdi

    14.05.2020, 14:54

    Andijonda “Kamaz” velosipedchini urib yubordi. 30 yoshli erkak hodisa joyida vafot etdi

    14.05.2020, 12:25

    Afsonaviy Hummer’ning elektrodvigatel o‘rnatilgan yangi avlodi dizayni taqdim etildi

    14.05.2020, 08:55

    Hisob-kitob qilib ko‘rildi: Yangi Lada Vesta’ni sotib olgan foydalimi yoki uni ehtiyot qismlaridan yig‘gan?

    13.05.2020, 21:54

    O‘zbekistondan Tojikistonga yuborilgan tez yordam mashinalari mahalliy kompaniya tomonidan sotib olingani ma’lum bo‘ldi

    13.05.2020, 19:58

    Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va interyerining suratlari premyeradan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi

    13.05.2020, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.