Toshkent vaqti bilan 14-may kuni soat 02:09 da Xitoyda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
“14-may Toshkent vaqti bilan 02:09 da Xitoyda zilzila sodir bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyda yuz bergan zilzila markazi 39,67 gradus shimoliy kenglik, 74,04 gradus sharqiy uzunlikda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlash kuchi zilzila markazida 4,6 ballni tashkil qilgan.
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 445 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarida sezilgan. Xususan, zilzila kuchi Namangan, Andijon va Farg‘onada 2 ballni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila ham Farg‘ona vodiysida sezilgan edi.
Izoh (0)