Karantin tufayli harakatlanish cheklandi, buning ortidan turli uchrashuvlar onlayn o‘tkazila boshlandi. So‘nggi paytda Zoom videokonferensiyalar dasturi ommalashdi, deb yozadi Esquire.
Biroq AQShda ushbu dasturdan nafaqat hamkasblar va qarindoshlar, balki jonivorlar bilan ko‘rishish uchun ham foydalanishmoqda.
It boqib olmoqchi bo‘lganlar servis yordamida ularning boshpanasi xodimlari bilan bog‘lanib, jonivor bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Talabgorlar jonivor haqidagi barcha savollarga javob olishi, uni ko‘rib, yaqindan tanishishi mumkin.
https://twitter.com/DigitalTrends/status/1260351550330793984
Bunday imkoniyatni itlar uchun ozuqa ishlab chiqaradigan Pedigree kompaniyasi va jonivorlarni himoya qilish bo‘yicha Nashville Humane Association assotsiatsiyasi taqdim etdi.
Izoh (0)