• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi

    O‘zbekistonda pandemiya sharoitida tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash avvalgi berilgan imtiyozlar bilan cheklanmay, qo‘shimcha ravishda davom ettiriladi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Shavkat Mirziyoyev 13-may, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Birinchidan, kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi may-iyul oylarida 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Buning natijasida 260 mingdan ziyod korxona va fermer xo‘jaliklari jami 650 milliard so‘m mablag‘larni tejagan holda ularni sarmoya va aylanma mablag‘ sifatida ishlatish imkoniga ega bo‘ladi.

    Ikkinchidan, kichik biznes vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar kelgusi uch oy davomida yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Buning hisobiga 50 mingdan ortiq tadbirkor 300 milliard so‘mni tejaydi va ularning aylanma mablag‘i ko‘payadi.

    Shuningdek, avvalgi qarorga asosan, aprel-may oylarida 1000 dan ziyod tadbirkorning yer va mol-mulk soliqlari va penyalari bo‘yicha kechiktirilgan 80 milliard so‘m to‘lovlari kechib yuboriladi.

    Uchinchidan, tadbirkorlarga bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi. Bu ularga jami 540 milliard so‘mni tejash hamda ushbu mablag‘larni o‘z biznesini rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.

    To‘rtinchidan, ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qo‘shimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga ko‘paytirilib, budjetdan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

    Beshinchidan, ilgari stavkasi 22 foizgacha bo‘lgan investitsiya kreditlari bo‘yicha foizlar qisman davlat tomonidan qoplab berilgan bo‘lsa, endi stavkasi 26 foizgacha bo‘lgan kreditlarning foizlari ham qisman qoplab beriladi.

    Shuningdek, tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 500 milliard so‘mgacha (ilgari 10 milliard so‘mgacha) berilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya miqdori 5 foizdan 10 foizga oshiriladi.

    Oltinchidan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy qilingan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasi Toshkent shahrida ham tatbiq etiladi. Shu orqali poytaxtda qariyb 10 mingta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.

    Yettinchidan, mahalliy korxonalarning mahsulotiga nisbatan ichki talabni oshirish va shu orqali ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlariga III-IV chorakdagi xaridlarini II chorakda amalga oshirish huquqi beriladi.

    Umuman, iqtisodiyotni va fuqarolarni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ta’kidlamoqda Prezident matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, ehtiyot choralari ta’minlangan holda karantin davrida ishlamagan 14 mingta sanoat korxonasidan hozirgi kunda 10 mingtasi o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Ularning 178 ming xodimi o‘z ish joyiga qaytdi.

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda hozirgi kunda ishlamay turgan 4 mingta sanoat korxonasi muammolarini birma-bir o‘rganib, ularning faoliyatini may oyi oxirigacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 3-aprelda “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Unda mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgandi.

    24-aprel kuni Prezident pandemiya sharoitida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi farmonni imzolagandi. Farmonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yo‘qotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralar belgilangan.

    Mavzuga doir:

    • Karantindan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining tiklanishiga qancha vaqt ketishi mumkinligi ma’lum qilindi
    •  “Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”. Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarining bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida

    13.05.2020, 21:39   Izoh (0)   56757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahalliy aviaparvozlar va poyezd qatnovlari qisman tiklanadi

    13.05.2020, 21:23

    “Mayli, hammasiga chidayman, lekin erimning qiynalishini ko‘rib ezilib ketyapman”. Yunus Ravshanov zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak

    13.05.2020, 21:08

    O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar naqd pul ko‘rinishida to‘lanadigan bo‘ldi

    13.05.2020, 21:06

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2076 nafarga yetdi

    13.05.2020, 20:49

    Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan insonparvarlik yordami yetib keldi (foto)

    13.05.2020, 20:40

    Samarqandda koronavirusga chalingan ikkinchi guruh nogironi vafot etdi. Bu COVID-19’ning O‘zbekistondagi 11-qurboni

    13.05.2020, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.