• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1945-yilgi Sovet–yapon urushida qatnashgan o‘zbekistonliklarni bilasizmi?

    Ikkinchi jahon urushi hech bir xalqni chetlab o‘tmadi. Shu jumladan, qanchadan qancha o‘zbek askarlari ham urush maydonlarida jang qildi. Ammo ushbu urushning bir qismi bo‘lmish Sovet–yapon urushida o‘zbek askarlarining ishtiroki hanuzgacha yaxshi o‘rganilmagan mavzu bo‘lib qolmoqda. “Daryo” falsafa fanlari nomzodi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarovning Sovet–yapon urushida qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbekistonlik harbiylar haqidagi maqolasini diqqatingizga havola etadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    O‘zbekistonliklar 1941–1945-yillardagi barcha jang-jadallarda – 1941-yil iyunidagi chegara oldi janglari va Brest qal’asining qahramonona mudofaasidan tortib Berlinning ishg‘ol etilishi va Praganing ozod qilinishigacha bo‘lgan janglarda faol ishtirok etgan. 1945-yilning 9-mayida Yevropadagi fashizmga qarshi urush yakunlandi, biroq Uzoq Sharq Ikkinchi jahon urushining so‘nggi o‘chog‘i sifatida qolayotgan edi.

    Bu maqsadda SSSR va Xitoy chegaralarida uchta front yoyilgandi: Baykalorti fronti hamda birinchi va Ikkinchi Uzoq Sharq frontlari. Ularning tarkibida 11 ta umumqo‘shin armiyasi, bitta gvardiya tank qo‘shini, mexanizatsiyalashtirilgan-otliq sovet-mo‘g‘ul guruhi, uchta havo qo‘shini, uchta havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shini, yana alohida korpuslar bo‘lib, umumiy hisobda 1,5 milliondan ziyod odamga ega bo‘lgan, shuningdek, 27,1 ming dona aslaha va minomyotlar, 1 152 dona reaktiv-minomyot qurilmasi, 5 556 dona tank va o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, 3,7 ming dona samolyot bo‘lgan.

    Bundan tashqari, Tinch okeani floti kuchlari, Amur daryosi harbiy flotiliyasi, Baykalorti chegara qo‘shinlari, Xabarovsk hamda Primorye okruglari harbiy kuchlari ham jarayonga jalb qilingan. Sovet qo‘shinlariga yaponlarning uch front bo‘ylab to‘rtta alohida piyoda armiyasi, ikkita havo qo‘shinlari, Sungariy flotiliyasi hamda Kvantun armiyasi qarshilik ko‘rsatgan. Boz ustiga, Manchjou-Go hamda Menszyan qo‘g‘irchoq davlatlarining armiyasi ham Kvantun armiyasiga bo‘ysunar edi. Umumiy hisobda ularning soni bir millionga yaqin odam, 6 260 aslaha va minomyot, 1 155 tank, 1,8 ming samolyot va 25 ta kemadan iborat bo‘lgan.

    Harbiy harakatlar 1945-yilning 9-avgustidan 1-sentabrigacha davom etgan, lekin yapon harbiylarining alohida guruhlari undan keyin ham yana bir muddat davomida qarshilikni davom ettirgan. Kvantun armiyasining yo‘qotishlari 84 ming nafar askar o‘limi hamda 640 ming nafar asir tushishidan iborat bo‘lgan. Sovet qo‘shinlarining yo‘qotishlari esa 12 mingta o‘lim va 24,5 ming nafar yaradorlarni tashkil qilgan.

    Uzoq Sharqdagi urush harakatlari mobaynida 220 ta sovet qismi va birlashmasi “Amur”, “Mukden”, “Port-Artur”, “Ussuriysk”, “Xarbin”, “Xingan” singari sharaf nomlariga ega bo‘ldi, 92 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga loyiq ko‘rildi va yana minglab kishilar, jumladan, yuzlab o‘zbekistonliklar ham orden va medallar bilan taqdirlandi.

    Masalan, Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahridan bo‘lgan mayor Isa Qasarayev Uzoq Sharq fronti 2-armiyasi 2-polkiga qo‘mondon bo‘lgan va u Kvantun armiyasi qismlari bilan janglarda faol qatnashib, 1945-yil avgustida Suyxa shahri harbiy komendanti etib tayinlangan. U bir oy mobaynida shahardagi yapon askarlarining qolgan-qutganlaridan tashkil topgan katta sonli jangari to‘dalarni yakson qilib, ularni qurolsizlantirgan va  shaharda tartib o‘rnatgan. “Qizil yulduz” ordeni va Vatan urushi 2-darajali ordenlari bilan taqdirlangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Samarqandlik mayor Nuri Yoqubov Birinchi Uzoq Sharq fronti 25-armiyasi, 40-o‘qchi diviziyaning harbiy tribunali raisi bo‘lgan va u ham yapon militaristlariga qarshi janglarda faol ishtirok etib, harbiy intizomni mustahkamlashga hissa qo‘shuvchi samarali siyosiy-huquqiy ishlarni olib borgan hamda 2-darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.

    Samarqandlik tibbiy xizmat mayori Zokirjon Umarov Ikkinchi Uzoq Sharq fronti 2-armiyasining 1-alohida ponton-ko‘prik batalyonida bosh vrach sifatida xizmat qilgan va yarador hamda xasta askarlarga samarali tibbiy yordamni ta’minlagan. “Qizil yulduz” va 2-darjali Vatan urushi ordenlari bilan hamda “Jangovar xizmatlari uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari va boshqa medallar bilan taqdirlangan.

    Farg‘onalik kapitan G‘ani Abdullayev minomyot batareyasiga qo‘mondonlik qilgan, yaponlar bilan janglarda qahramonliklar ko‘rsatib, “Qizil yulduz”, 2-darajali Vatan urushi ordenlari, “Jasorat”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan.

    Toshkentlik katta leytenant Ahmadjon Hojiboyev (bo‘lajak general-leytenant) birinchi Uzoq Sharq fronti 5-armiyasi, 97-o‘qchi diviziyasida, 233-o‘qchi polk shtab boshlig‘i yordamchisi lavozimida jang qilgan. U jangovar piyoda qo‘shin safida polk bo‘linmalari qo‘mondonlariga jangovar topshiriqlarni bajarishda ko‘mak ko‘rsatgan, xabarlarni polk shtabiga o‘z vaqtida yetkazilishini shaxsan ta’minlagan, 1-darajali Vatan urushi ordeniga sazovor bo‘lgan. U avvalroq Germaniya frontida “Qizil yulduz” ordeni va medallar bilan ham taqdirlangan edi.

    Quvalik katta leytenant Mirza Ahmedov Baykalorti frontining 221-o‘qchi diviziyasida 625-o‘qchi polk batalyoni komandirining siyosiy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini bo‘lgan. Yaponlarga qarshi janglarda faol ishtirok etib, yapon diversantlarini zararsizlantirish guruhiga shaxsan boshchilik qilgan, 1-darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. U ham avvalroq “Qizil yulduz” ordeni, 2-darajali Vatan urushi ordeni va medallar bilan taqdirlangan bo‘lgan.

    Baykalorti fronti 109-o‘qchi diviziyasi, 309-o‘qchi polkning minomyot batareyasi komandiri bo‘lgan andijonlik gvardiya starshinasi Yusuf Mamatqulov yoshi katta, tajribali jangchi bo‘lib, u 1941-yildan boshlab janglarda ishtirok etgan. U Kavkaz uchun kechgan janglarda, Ukraina, Moldova, Ruminiya, Vengriya, Yugoslaviya, Avstriya va Chexiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda qatnashgan. 1945-yil avgustida u allaqachon “Qizil yulduz” ordeni, 2-darajali Vatan urushi ordeni hamda ko‘plab medallar bilan – “Jasorat”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Belgrad ozod qilingani uchun”, “Vena uchun” va ho kazolar bilan taqdirlangan jangchi edi. Yapon armiyasi bilan janglardagi qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga tavsiya qilingan, lekin shtabdagi qog‘ozbozlar unvonni “Qizil Bayroq” ordenigacha pasaytirgan.

    Gvardiya starshinasi, marg‘ilonlik Mulla-Ahmad Karimov birinchi Uzoq sharq fronti, 1-armiyasi, 59-o‘qchi diviziyasining 456-o‘ziyurar-artilleriya vzvodi komandiri yordamchisi lavozimida jang qilgan. Diviziya shtabiga o‘zini o‘limga tashlaydigan yapon suiqasdchi askarlari guruhi hujum qilgan vaqtda dushmanning uch askarini yo‘q qilgan, “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Toshkentlik katta serjant Yunus Yusupov 1-Uzoq Sharq fronti 1-armiyasi 75-tank brigadasida avtomatchilar motobatalyoni bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan. Mashanchjyan stansiyasidagi janglarda dushmanning ikkita askarini shaxsan yer tishlatgan. Chushan stansiyasidagi janglarda esa yana oltita dushmanni yo‘q qilgan. “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

    Andijonlik serjant Mamad Arziqulov 1-Uzoq Sharq fronti 5-armiyasi 97-o‘qchi diviziya, 69-o‘qchi polk bo‘linmasi komandiri sifatida, Xitoydagi Mullin shahrida bo‘lib o‘tgan yapon kamikadzelari bilan janglarda jasorat ko‘rsatgan va “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

    Gvardiya katta serjanti, qarshilik Temir Xidirov Baykalorti frontida 6-gvardiya tank armiyasining 9-gvardiya mexkorpusi, 31-gvardiya mexanizatsiyalashtirilgan brigadasida, razvedka rotasi bronemashinasiga komandirlik qilgan. U tajribali jangchi bo‘lgan, chunki u 1941-yildan boshlab janglarda qatnashgan va 1945-yil avgustida allaqachon uchta orden (“Qizil yulduz” ordeni, 2-darajali “Vatan urushi” ordeni, 3-darajali “Shon-sharaf” ordeni) va ko‘plab medallar (“Jasorat”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Praganing ozod etilishi uchun” va boshqalar) bilan taqdirlangan edi. Yapon militaristlari bilan janglarda, Sinxe daryosini egallashda hamda Dayren shahrini olinishida jasorat ko‘rsatgan. Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga tavsiya qilingan, lekin oliy qo‘mondonlik faqat 2-darajali “Shon-sharaf ”ordeni berish bilan kifoyalangan.

    Baykalorti fronti 298-o‘qchi diviziyasi, 828-arilleriya polki 3-batareyasida qo‘qonlik katta serjant Aziz Ahmadjonov artilleriya aslahasiga komandirlik qilgan. Chjaylaynor shahridagi janglarda u o‘z aslahasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochilayotgan nuqtaga haydab borgan va dushmanning bir necha o‘t ochish nuqtalarini to‘sib qo‘ygan. Bu orqali piyoda qo‘shinlarning hujumga o‘tishidagi muvaffaqiyatini ta’minlagan. “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

    Namangan viloyati Chust tumanidan bo‘lgan yefreytor Beknazar Normatov ikkinchi Uzoq sharq fronti 16-armiya, 113-alohida o‘qchi brigadasi, 4-batalyonida snayper bo‘lgan. Janubiy Saxalinni ozod qilish uchun kechgan janglarda dushmanning ikkita snayperdan iborat granatomyotchilarini yo‘q qilgan va buning uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

    Samarqand viloyati Narpay tumanilik serjant Ochil Xudoyberdiyev birinchi Uzoq sharq fronti 5-armiyasi, 144-o‘qchi diviziya, 308-artilleriya polki, aloqa bo‘linmasiga komandirlik qilgan. Xitoydagi Mudanszyan shahridagi janglarda jasorat ko‘rsatib, dushmanning artilleriya va pulemyot o‘q yomg‘iri ostida batareya va shtab orasidagi uzluksiz aloqani ta’minlab bergan. Janglarda, shuningdek, dushmanning ikki askarini yo‘q qilgan. Buning uchun u ikkinchi marotaba “Qizil yulduz” ordeniga sazovor bo‘lgan. U avvalroq “Qizil yulduz” ordeni hamda medallar (“Jasorat”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Moskva mudofaasi uchun” va boshqalar) bilan taqdirlangan edi.

    Sirdaryolik yefreytor Mamad Bakirov birinchi Uzoq sharq fronti 84-kavaleriya diviziyasi, 145-kavaleriya polkida xizmat qilgan, Mudanszyan shahri ostonasidagi janglarda jasorat ko‘rsatib, yarador bo‘lgan, “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

    Yapon militaristlariga qarshi janglarda serquyosh O‘zbekistonning nafaqat mard o‘g‘lonlari, balki asosan harbiy tibbiyot mutaxassisi bo‘lgan ayol-qizlari ham jasorat ko‘rsatib, sharaflangan. Ular orasida tibbiy xizmat ofitserlari – harbiy vrachlar – kapitan Saniya Farizova (termizlik, “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan), kapitan Yuliya Gorskaya (toshkentlik, “Jangovar xizmatlari” medali olgan), katta leytenantlar Aza Pankova (farg‘onalik, “Qizil yulduz” ordeni olgan) hamda Galina Shimolina (toshkentlik, 2-darajali “Vatan urushi” ordeni olgan), leytenantlar Anastasiya Sheina (toshkentlik, “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan) va Hakima Urabekovalarni (toshkentlik, “Jangovar xizmatlari” medali olgan) va yana ko‘plab boshqalarni ham ko‘rsatish mumkin.

    Shu tariqa o‘zbekistonliklar urushning barcha bosqichlarida, jumladan, uning yakuniy bosqichi bo‘lmish Uzoq Sharqda yapon qo‘shinlarini yakson qilinishi va ular bosib olgan yerlar – Janubiy Saxalin, Kuril orollari, shimoliy-sharqiy Xitoy hududlarini (Manchjuriyani) hamda Shimoliy Koreyani ozod qilinishi bilan bog‘liq janglarda qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan. O‘zbekistonliklar – askar, serjant va ofitserlarning barchasi o‘z harbiy burchlarini to‘liq mas’uliyat va sharaf bilan ado etgan.

    13.05.2020, 17:47   Izoh (0)   128471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yangi koronavirus holatlari nimaning hisobiga ortayotganiga aniqlik kiritildi

    13.05.2020, 16:24

    Rossiyada pandemiya sabab og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga bir martalik yordam puli beriladi

    13.05.2020, 16:12

    Samarqandda 34 kishiga koronavirus yuqtirgan tibbiyot xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    13.05.2020, 15:44

    Toshkentda 31 yoshli yigit o‘ldirilib, murdasi bo‘laklarga bo‘lib tashlandi

    13.05.2020, 15:35

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2055 nafarga yetdi

    13.05.2020, 15:09

    Navoiy viloyati hokimiga yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish ishlar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

    13.05.2020, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.