Amerikaning Pasadina shahrida yashovchi qiz do‘stining tug‘ilgan kuniga niqob taqmay keldi, mehmonlarning oldida yo‘taldi va koronavirusga chalinganini aytib hazillashdi, deb yozadi Mirror.
Qayd etilishicha, qiz bir necha kundan keyin koronavirusga test topshirgan. U haqiqatan ham virusni yuqtirib olgan ekan.
Nashrning yozishicha, bemor qiz kechaning yana besh nafar mehmoniga ham virusni yuqtirgan. Yana olti kishi ham koronavirusga chalingan bo‘lishi taxmin qilinmoqda, ularda hozircha simptomlar kuzatilmagan.
Shahar ma’muriyati saytida tug‘ilgan kun tashkilotchilari “Uyda xavfsizroq” buyrug‘i talablarini buzgan. Ular tibbiy niqob taqmagan va masofa saqlamagan.
Mavzuga doir: Tanzaniyada echki va papayyada ham koronavirus aniqlandi
Izoh (0)