Moskvaning “Spartak” klubi egasi Leonid Fedun shifoxonaga joylashtirildi, deya ma’lum qilmoqda klub matbuot xizmati.
Funksionerda koronavirus aniqlangan. Ayni damda u shifoxonada davolanmoqda.
“Klub Leonid Arnoldovichning tezda sog‘ayib ketishini tilaydi!”, — deyiladi “Spartak” bayonotida.
Aprel oyida Fedun koronavirusga qarshi kurash uchun 10 million rubl xayriya qilgandi.
Rossiyalik milliarder, “Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidentining umumiy boyligi 6 milliard dollardan oshadi. 64 yoshli Fedun Rossiyaning 200 nafar eng boy odami ro‘yxatiga kiradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)