• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar tomonidan O‘zbekistonda qurilish sohasini korrupsiyadan xoli qilish masalasi muhokama qilindi

    2020-yil 6-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasida Qurilish vazirligining “Sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Parlament matbuot xizmati

    Foto: Parlament matbuot xizmati

    Xabarga ko‘ra eshituvda qurilish sohasidagi normativ huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalar va byurokratik to‘siqlarga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratilgan.

    Qurilish sohasidagi reglamentlarda bir qator normalar qurilish vazirligi tizimida ishlovchi xodimlar uchun korrupsiya va byurokratiyaga sabab bo‘luvchi omillar sifatida qolayotgani qayd etildi.

    “Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”da bu sohada tegishli ruxsat beruvchi hujjatni olish uchun takroran murojaat qilinganda yig‘im undirilmasligi belgilanmagan. Bu esa amaliyotda murojaatchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda takroran murojaat qilganda yana yig‘im undirishga sharoit yaratmoqda. Vaholanki, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunining 20-moddasida tadbirkorlik subyektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmasligi aniq ko‘rsatilgan.

    “Shaharsozlik normalari va qoidalari” (ShNQ) ma’nan eskirgan. Undagi bir qator qoidalar zamon talablariga mos kelmasligi bilan bir qatorda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha majburiyat yuklaydi. Masalan, “Shaharsozlik, shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish”da muhandislik tarmoqlarining joylashuvini amalga oshirishda trolleybus yo‘llari va liniyalari bilan bog‘liq talablar hamda hovli-joy tarmoqlari va turar joy kvartiralari yer uchastkalarining o‘lchamlarini belgilash bo‘yicha posyolkalar bilan bog‘liq qoidalar belgilangan. Bundan tashqari, ShNQda ta’lim muassasalarni (kodoskop, filmoskop, rulonlik diafilmlar, videodvoyka, tryumo, konditsioner BK-2500 i hokazo) jihozlashni belgilovchi normalar hamon mavjud.

    Deputatlar bu boradagi faoliyatda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olish bilan birga qonun hujjatlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida shaharsozlik normalari va qoidalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi.

    Foto: Parlament matbuot xizmati

    Foto: Parlament matbuot xizmati

    Eshituvda qurilish obyektlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tender (tanlov) jarayonida eng ko‘p korrupsiya holatlari ro‘y berishi alohida ta’kidlandi. Xususan, kapital qurilish obyektlarini qurish uchun g‘oliblarni aniqlashda manfaatlar to‘qnashuvi bevosita namoyon bo‘lishi, bu borada shaffoflik va ochiqlikning yo‘qligi unda korrupsion holatlar avj olishiga olib kelishi bildirildi. Misol uchun, “O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida”gi nizomda tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari to‘g‘risida pudratchini kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi yoki potensial pudratchilarga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma jo‘natishi belgilangan. Ushbu jarayonning dastlabki bosqichida tanlovda ishtirok etadigan shaxslarni belgilash huquqi tashkilotchining o‘ziga berilgan.

    Shuningdek, nizomning 35-bandida talabgorga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatidan tashqari buyurtmachi tomonidan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkinligi ushbu jarayonda korrupsiya uchun keng imkoniyat yaratadi.

    Deputatlar ushbu nizomga vazirlik tomonidan hanuzgacha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida natijali ish qilinmaganini tanqid qildi.

    Qurilish tartibi bo‘yicha qurilishning har bir bosqichini tugatgandan so‘ng navbatdagi bosqichga o‘tish alohida nazoratga olinadi. Lekin amalda, ayniqsa, beton namunalarini yuqori bosim ostida sinov dalolatnomalari qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi laboratoriyasidan berilishi lozim bo‘lsa-da, ushbu jarayonni haqiqatan ham bajarilganligini faqatgina qog‘ozlarda ko‘rish mumkin bo‘lib, bu borada elektron tizim yaratilmagan.

    2019—2020-yil aprel holatiga ko‘ra, prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 38 milliard so‘mdan ortiq mablag‘, imtiyozli qurilish materiallari va boshqa moddiy boyliklar talon-taroj qilingan. 2018—2019-yillarda qurilish sohasida 365 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning 72 foizi korrupsiya bilan bog‘liq. Javobgarlikka tortilgan shaxslarning 14 nafarini Qurilish vazirligi tizimi xodimlari tashkil qilgan.

    Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qurilish vazirligi va tizimdagi idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ruxsatnomalar berishda 2019-yil davomida jami 17 418 ta holatda qonun buzilishi holatlariga qayd etilgan.

    Eshituv yakunida Qurilish vazirligiga qurilish sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni bartaraf etish, o‘tkaziladigan tanlov (tender)larni axborot texnologiyalarini joriy etgan holda onlayn rejimda tashkil etish, doimiy ravishda korrupsiyaga qarshi ichki audit olib borish, qurilish sohasida qonunosti hujjatlarini qisqartirish, noaniqlik keltirib chiqaruvchi yoki jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyat yuklovchi normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rish, vazirlik tizimida jamoatchilik kengashining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki va rolini oshirishga ko‘maklashish vazifalarini yuklash bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qo‘mitasining qarori qabul qilindi, deyiladi xabarda.

    Avval Qurilish vazirligi sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Oliy Majlisda axborot berishi xabar qilingandi.

    Mavzuga doir: 

    • “Sifatsiz qurilishlarga mas’ul rahbarlarning iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi”
    • “‘Bajaramiz’, ‘yest’ qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashaman” — Shavkat Mirziyoyev
    • Sardoba suv omborining barcha dambalari xalqaro ekspertlar ishtirokida ekspertizadan o‘tkaziladi
    • “Sardoba falokatining barcha aybdorlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, javob beradi” — Shavkat Mirziyoyev
    • Sardoba suv omborini kim qurgan?

    07.05.2020, 09:12   Izoh (0)   20092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirish masalasini muhokama qilmoqda

    07.05.2020, 07:59

    O‘zbekistonda yana 4 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi

    07.05.2020, 07:32

    TIV Moskva viloyatidagi yong‘inda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi

    07.05.2020, 06:33

    Rossiya prezidenti nomidan qoraqalpog‘istonlik urush qatnashchilariga medallar topshiriladi

    07.05.2020, 06:17

    Andijonda tulki bolalarini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi

    07.05.2020, 05:36

    O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirdi

    07.05.2020, 00:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.