• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahri “sariq”, Qoraqalpog‘iston va 7 ta viloyat “qizil”, koronavirusga chalingan bemorlar qolmagan hududlar esa “yashil” toifaga ajratildi

    Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axboroti e’lon qilindi.

    2020-yilning 29-aprel va 5-may kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligi ta’kidlangandi.

    Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari 2020-yil 8-mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

    Birinchisi — “qizil” toifadagi hudud — oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari). Bunda “qizil” hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

    “Qizil” hududlarda quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

    oziq-ovqat savdo do‘konlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo do‘konlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik sexlari, tijorat banklarining obyektlardagi shoxobchalari (kassalari), kimyoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sug‘urta tashkilotlari, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korxonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (yetkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, joylarga yetkazish va sotish, urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish;

    obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va ta’mirlash ishlari, yetkazib berish xizmati;

    ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish.

    Ikkinchisi — “sariq” toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan hududlar (Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri). “Sariq” hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

    “Sariq” hududlarda “qizil” hududlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

    nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;

    avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;

    hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;

    yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.

    Uchinchisi — “yashil” toifadagi hudud — koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar (Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari);

    “Yashil” hududlarda yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda park va istirohat bog‘lari faoliyatiga (attraksion va ko‘ngilochar obyektlar faoliyati bundan mustasno), avtotransportlarning stikersiz harakatiga, hamda davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

    “Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

    yo‘nalishsiz taksilar — yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarning avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;

    sartaroshxona va go‘zallik salonlari — xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs — 1 ta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;

    savdo majmualari — qat’iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda savdo majmuasining attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

    Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda soat 17:00 dan 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

    Shuningdek, barcha toifadagi hududlar uchun quyidagi majburiy talablar saqlab qolinadi:

    ijtimoiy masofani (2 metr)ni saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;

    ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari, ko‘ngilochar obyektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘ymaslik;

    barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

    dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °S va undan yuqori bo‘lgan holatda ushbu majmualarga kiritmaslik;

    barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;

    qurilish-ta’mirlash ishlarida obyektlar hududini to‘liq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.

    Yuqoridagilardan tashqari viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar saqlab qolinadi. Bunda:
    • doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqishga;
    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
    Mazkur qaror bilan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yaxshilanib, bu borada ijobiy dinamikani ta’minlash maqsadida “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda amaldagi belgilangan karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ushbu qaror bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    06.05.2020, 22:59   Izoh (0)   164807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda 25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    06.05.2020, 22:44

    Sirdaryodagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarning yo‘qolgan hujjatlari dublikatlarini topshirish boshlandi (foto)

    06.05.2020, 22:08

    “Karantin davrida hech kimning uyi buzilmaydi”. Koson hokimi uyi buzilayotgani aytilgan aholi bilan uchrashdi

    06.05.2020, 21:56

    AOKA bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qaror loyihasini ishlab chiqdi

    06.05.2020, 21:31

    Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi

    06.05.2020, 20:55

    AQSh O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratadi

    06.05.2020, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.