“Salimboy” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev Farg‘onada tug‘ilgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.
“Men 1950-yili Toshkentda tug‘ilganman. Farg‘ona, Qozog‘iston yoki Qirg‘izistonda tug‘ilganim haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Shaxsan o‘zim Toshkentda tug‘ilganman! Otam 1945-yilda Farg‘onadan Toshkentga kelgan, u kolxozda ishlardi. Shu tariqa hayotim boshlangan, kolxozda o‘sganman. 7 yoshimdan u yerda ishlaganman.
Qiyin hayot tarzini boshdan kechirganman, ba’zida yeyishga hech narsa bo‘lmasdi. 16 yoshimda esa kurash bo‘yicha shahar va mamlakat chempioniga aylandim hamda yillik talonga ega bo‘lgandim”, — deya eslaydi Abduvaliyev o‘zining 70 yillik yubileyi arafasida bergan intervyusida.
Ko‘plab manbalarda Salim Abduvaliyev Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgani haqida ma’lumot berilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)