• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlarini haqorat qildi. Keyin bu ishi uchun kechirim so‘radi (video)

    Davomi: Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshladi

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga chiqib, ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani aks etgan video internetda tarqaldi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    “Hammasi nomard bular. Bunaqa nomard militsiya ko‘rmaganman. Bugun Mirzo Ulug‘bek trassasiga qarayman, dedi kelgan mayor. Bitta militsiya, bitta ‘GAI’ bering dedim, biz eplolmay qoldik. ‘Xop’ dedi, bermadi. ‘Uchastkovoy’ chiqmadi. Tfu senlarga. Padar la’nati bo‘ldilaring sizlar bugun. Xalq birlashdi, xalqning yonida turmadilaring. Tfu ‘GAI’larga, tfu militsiyaga. Xalq eshitsin, militsiya klizma olmaguncha umuman ishlamaydi. Hozir Karimovni davrida yashamayapsanlar, har kuni klizma olgani. Shunchalik ham klizmaga o‘rganib qolasanlarmi? Vijdonan ishlashni ham o‘rganinglar, soat nechchi bo‘ldi, haliyam uxlayapsizlar?!

    Uyat bormi, vijdon bormi? Xalq to‘lagan soliqdan oylik olyapsizlar! Nima qilyapsanlar? Uxlayapsanlar”, — deydi Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlariga qarata.

    Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin, odamlar xonandaning ushbu qilmishini qoralab, ichki ishlar organlari xodimlarining yonini olib, videoga munosabat bildira boshladi.

    “Yulduz bo‘lsa o‘ziga. Nima bu, og‘ziga qaramay gapiraveradi? Bungayam qolganlarga o‘xshab 15 sutkalab berishsin, ko‘raylik sudlariga borib, maza qilaylik. Kechirim so‘rasin. Xalqim, xalqim, deydi oldiga borsangiz bir tiyinga ilmaydi”, — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

    “Yulduzxonning san’atini yaxshi ko‘radiganlar ko‘p, lekin bu ishi bilan xalqning qahriga uchrabdi. Chunki bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlari uxlamasdan, tinmasdan xalqning xizmatida, ertalabdan kechgacha fidoiy ishlab turgan paytda bunday gaplarni gapirish juda katta gunoh qilish bilan barobar”, — deydi xalq artistining videosiga munosabat bildirgan yana bir fuqaro.

    “Oxirgi ikki oy ichida kim karantinda turgan bo‘lsa yonida militsiya, kim kasal bo‘lsa yonida militsiya, kimni biron joyga olib borish kerak bo‘lsa yonida militsiya, ko‘chada postda turgan militsiya, shuncha kecha-yu kunduz xizmatda bo‘lib, uyma-uy yurib hol-ahvol so‘ragan ichki ishlar xodimlarini yomonga chiqaryapsanmi? Sen kimsan, sening nima haqqing bor militsiyani beobro‘ qilishga? Shuning uchun o‘zingni bosib yurgin, militsiya ko‘tarilsa, ko‘chada bosh ko‘tarib yura olmay qolasan, uyingdan chiqa olmay qolasan!” , — deyiladi yana bir audiomunosabatda.

    O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ham video bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, Yulduz Usmonovaning harakatini qoraladi.

    “Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo‘rindir, shuningdek, san’atkorning xabari bo‘lmasa kerak, ikki oy davomida o‘z oilasi va uyiga bormayotgan ichki ishlar xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo‘q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo‘lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti.

    Bir ishning ortidan ichki ishlar xodimlarini ayblash xato bo‘lsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi, bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi?

    Bugun mamlakatimizda barcha jam, ya’ni Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari, shifokorlarning zahmatkash mehnatini bugun hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

    Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini ta’minlab berayotgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o‘z minnatdorligini bildiradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

    Tanqidiy munosabatlardan so‘ng Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlaridan uzr so‘ragani aks etgan videosi e’lon qilindi.

    “Hurmatli ichki ishlar, mudofaa, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, ulug‘ ayyom kunlari dilingizni og‘ritgan bo‘lsam hammangizdan uzr so‘rayman. Hammamizda ham ayb bor. Men ko‘rganim uchun gapirdim, Ko‘rganim, gapirganim uchun uzr so‘rayman” — deydi xonanda ichki ishlar xodimlariga videomurojaatida.

    Mavzuga doir: Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda

    04.05.2020, 18:39   Izoh (0)   204165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    04.05.2020, 13:42

    Gollivudning yoshida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto)

    04.05.2020, 07:17

    Farzandli bo‘lish orzusidagi Sitora Farmonova, Putinning “nazariga tushgan” Ahmad Temurov, karantindan uyga chiqqan Shirin Mamatova. Mashhurlar karantinda (foto+vi...

    03.05.2020, 22:35

    San’atkorlarni sirdaryoliklarga yordam berishga undayotgan Ozodbek Nazarbekov, Asalga sevgisini rus tilida izhor etgan Shohruhxon, o‘zbeklarga murojaat yo‘llagan A...

    02.05.2020, 22:37

    Madonna koronavirus bilan kasallanib qolishdan ortiq qo‘rqmasligini ma’lum qildi

    02.05.2020, 20:35

    Jennifer Eniston hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi

    02.05.2020, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.