O‘zbekistonda 3-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 13 kishiga ko‘payib, 2149 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq 3-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2136 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1319 nafari esa sog‘aygan.
Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.
Izoh (0)