Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3 785 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
Qayd etilishicha, kasalikka chalinish bo‘yicha yana 114 ta holat aniqlangan. Olmaota 64, Nur-Sulton 10, Chimkent shahrida 2 kishi; Aqto‘be 25, Mang‘istau 5, Jambil 3, Qizilo‘rda viloyatida 1 kishida virus borligi tasdiqlangan.
Bir kun avval 47 kishi koronavirusga chalingani xabar berilgan edi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, 922 nafar bemor sog‘aygan.
O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 2-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2094 nafarga yetdi.
Izoh (0)