• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Foto: Italyan dizayniga ega to‘qqiz Aston Martin

    Zagato kuzov atelyesi hamda Aston Martin o‘rtasidagi hamkorligi uzoq yillardan beri davom etib keladi. Moda sohasida italyan uslubi tez-tez britanlarniki bilan qarshi qo‘yiladi. Avtomobil va dizayn sohasida ham xuddi shunday: Angliya va Italiya milliy maktablari bir-biriga umuman o‘xshamaydi. Biroq qarama-qarshilik bir-biriga tortishadi. Birinchi Aston Martin Zagato modeli Ferrari bilan bellashish uchun yaratilgan, biroq trassadagi kurashlar milliarderlarning hamyoni jangiga aylanib ketgan, deb xabar beradi Motor.

    Aston Martin DB4 GT Zagato, 1960-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    DB4 GT Zagato — Aston Martin va Zagato o‘rtasidagi oltmish yillik hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi. U g‘alaba ishtiyoqi sabab paydo bo‘lgan: Gudvuddagi Tourist Trophy poygalarida “oddiy” DB4 GT Ferrari 250 GT’ni hech qanaqasiga quvib o‘ta olmagan. “Britaniyalik” juda og‘ir va quvvati kam bo‘lgan. Milanning Zagato atelyesi esa poyga sportkarlari modifikatsiyasi bilan tanilgan.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    DB4 GTZ dizayni uchun yosh Erkole Spada javob bergan, uning ishlari orasidan Alfa Romeo 155 va BMW 5-Series E34 ham o‘rin olgan. Uning mehnati natijasida alyuminiy kuzov bamperlaridan ayrilib, ancha suyrilashgan. Dieta sabab kupe 183 kilogramm “tashlagan”, quvvati esa 240 dan 314 ot kuchiga yetgan. Go‘zallik dunyoni qutqarishi mumkin, biroq bu Aston Martin’ga yordam bermagan: Ferrari baribir qayta ishlangan DB4’dan muvaffaqiyatli chiqqan. Natijada yaratilgan 19 mashina g‘alaba nashidasini sura olmay, turli kolleksiyalarga tarqab ketgan.

    Aston Martin V8 Vantage Zagato, 1985-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston va Zagato’ning navbatida yutug‘ini chorak asr kutishga to‘g‘ri kelgan. 1984-yilda Jenevada Ferrari 288 GTO va Porsche 959 namoyish etilgan. Aston Martin rahbari esa o‘yga tolgan: “Nega italyan va nemislar cheklangan miqdorda kuchli mashinalarni yarata oladi, biz esa yo‘q?”. Bunda Zagato’ning yordami kerak bo‘ladi. Yaratilajak mashinaning ilk eskizlari 1985-yilning mart oyida taqdim etilgan. Birgina tasvirning o‘zi shu yilning avgustiga borib 52 kupeni sotilishiga kifoya qilgan. Avtomobil uchun 156 600 dollar so‘rashgan (hozirgi kundagi kurs bo‘yicha bu qariyb 375 ming dollarni tashkil etadi).

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    V8 Vantage Zagato nomini olgan mashina V8 Vantage’ning qisqartirilgan bazasi asosida yaratilgan bo‘lib, bu uning og‘irligining kamayishiga olib kelgan. 5,3 litrli V8 dvigateli 437 ot kuchiga ega bo‘lgan. Bu kabi quvvat bilan 1650 kilogrammli mashina 100 km/soat tezlikka 4,6 soniyada erisha olgan, maksimal tezligi esa 299 km/soat tezlikka yetgan.

    Aston Martin DB7 Zagato, 2002-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    2002-yilda DB7 modeliga sakkiz yil to‘lgan, DB9 yaratilishiga esa yana ikki yil bor. Jeneva avtosalonida britaniyaliklar Aston Martin va Zagato yana hamkorlikka qaytishini ma’lum qilgan. DB7 Zagato kuzovi “kengaytirish va qisqartirish” sxemasi asosida yaratilgan, biroq 1850 kilogrammli kupe superkarlar bilan poygalashish niyatida bo‘lmagan.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin Vanquish Roadster Zagato, 2004-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    DB7 Zagato’ning premyerasidan ikki yil o‘tib, 2004-yilda eng noyob ingliz-italyan sportkarlaridan biri yaratilgan. Uning ustida Aston Martin va Jaguar’ning sobiq dizayneri Ien Kellum hamda Zagato’ning ko‘plab mashinalarini yaratgan Norixiko Xarada ish olib borgan. Avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan oddiy V12 Vanquish’dan katta farq qilmagan, faqatgina bir muhim detal — ushbu avlod Vanquish’ida “rodster” kuzovi bo‘lmagan.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Mashina o‘rindig‘ining orqasida oynali qubba bo‘lgan, uni xohishga qarab yengilgina ko‘tarish mumkin edi.

    Aston Martin V12 Zagato, 2012-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin va Zagato hamkorligiga yarim asr to‘lishi munosabati bilan keng quloch yoyishga qaror qiladi. Buning uchun ular V12 Vantage GT3 poyga mashinasi olib, uning kuzovini yechib tashlab, ikkita V12 Zagato Race kupesini yaratadi — ulardan biriga “Zig”, ikkinchisiga, “Zag” deb nom qo‘yilgan. 530 ot kuchiga ega V12 dvigatelli avtomobil butun dunyo bo‘ylab poygalarda ishtirok eta boshlaydi: ikki yil davomida avtomobil Nyurburgring, Gudvud va Le-Man trassalarida harakatlangan. Mashina mijozlarga shu qadar yoqib tushadiki, 2012-yilda V12 Zagato seriyali ishlab chiqarila boshlaydi.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin DBS Coupe Zagato Centennial, 2013-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Mazkur model Zagato tarixidagi eng noodatiy mashinalardan biri hisoblanadi. Barchasi italiyaliklar Aston Martin’ning yuz yilligiga sovg‘a tayyorlashni o‘ylaganidan so‘ng boshlanadi. Buning uchun ularga uchta mashina kerak bo‘ladi: BD9, Virage va DBS nusxalaridan. Britaniya markasining rahbaridan ruxsat olingach, italiyaliklar Zagato konseptni ommaga taqdim etmagunicha, Aston Martin’dagi hech kim uni ko‘rmaydi, deya shart qo‘yadi. Natijada “Yuz yillik trilogiyasi” nomli loyiha birma-bir taqdim etiladi — 2013-yilda kupe va rodster, shuting-breyk esa 2014-yilda.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin Vanquish Zagato, 2016-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin Vanquish Zagato lineykasi “Yuz yillik trilogiya” rekordini yangilagan: uning tarkibidan to‘rtta avtomobil o‘rin olgan. Barchasi 2016-yilda taqdim etilgan kupedan (99 nusxa) so‘ng boshlangan, undan keyin tarkibga kabriolet (99 nusxa), shuting-breyk (99 nusxa) va spidster (28 nusxa) kelib qo‘shilgan. Jami 325 ta mashina Aston Martin Vanquish S bazasida yaratilgan va ularga 600 ot kuchiga ega V12 o‘rnatilgan.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Aston Martin DBZ Centenary Collection, 2019-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    DBZ Centenary Collection Zagato’ning 100 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan. Uning tarkibidan ikkita mashina o‘rin olgan: zamonaviy DBS GT Zagato va DB4 GT Zagato Continuation — originaliga maksimal darajada yaqinlashtirilgan model.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    DBS GT Zagato DBS Superleggera bazasi yaratilgan, biroq butunlay farq qiladi. Tom qismi ugleplastikdan  tayyorlangan: orqaga faqat kamera orqali qarash mumkin. 770 ot kuchiga ega V12 biturbomotor o‘rnatilgan bo‘lib, 6 million funt sterlingdan sotuvga chiqqan.

    Aston Martin Vantage V12 Zagato Heritage Twins by R-Reforged, 2020-yil

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Eng so‘nggi jamlanma joriy yilning aprel oyida taqdim etildi. Uni ishlab chiqarishda ikkita maqsad ko‘zlangan: Zagato asos solinganiga 100 yil, Aston Martin bilan hamkorlikka esa 60 yil to‘lishi munosabati bilan. R-Reforged’ni yaratishga kompaniyaning AF Racing AG bo‘linmasi jalb etiladi.

    Foto: Motor

    Foto: Motor

    Vantage V12 Zagato Heritage nomi ostidagi jamlanmadan kupe va spidster o‘rin oladi. Jami 19 juft nusxada ishlab chiqariladigan modelga 600 ot kuchiga ega 5,9 litrli V12 Vantage o‘rnatiladi.

    02.05.2020, 11:37   Izoh (0)   47621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tesla Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishni yana kechiktirdi

    01.05.2020, 19:44

    Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

    01.05.2020, 15:58

    Toyota o‘zining noyob Supra’sini taqdim etdi. Mashinani istalgan odam sotib ololmaydi

    01.05.2020, 11:41

    Ukraina firmasi elektromotorga ega furgon-transformer yaratadi

    01.05.2020, 08:36

    Rossiyada “Buxanka” bazasida yaratilgan avtouy taqdim etildi (foto)

    01.05.2020, 07:37

    “Kelajakka qaytib” filmidagi ikki avtomobil auksionda sotiladi (foto)

    30.04.2020, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda bemorlar uchun qon tanqisligi ko‘paydi

    Dunyo | 7 avgust, 14:15

    Darvin Nunyes faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi

    Sport | 7 avgust, 14:08

    50 yil kutilgan loyiha: Italiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik quriladi

    Dunyo | 7 avgust, 13:57

    Surxondaryodagi ayrim yo‘llarda tezlik soatiga 130 kilometr etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:40

    Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonimni hibsga olishni talab qilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 13:15

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:00

    Tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari

    Kino | 7 avgust, 12:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.