1-may kuni soat 5:55da Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqib, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgani, suv asosan ekin maydonlariga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Sardoba tumanidagi suv ombori atrofida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jami 11 598 nafar aholi viloyatning Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)