O‘zbek shou biznesi vakillari “Shifokorlar-fidokorlar” deb nomlangan chellenj uyushtirdi. Chellenj koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Chellenjda Izzat Ibragimov, G‘ayrat Usmonov, Shuhrat Daryo, Yodgor Mirzajonov, Anvar Sobirov, Jo‘rabek, Farruh Ahmedov kabi xonandalar hamda bastakorlar, fotograflar, shuningdek, shou-biznesga aloqador boshqa soha vakillari ham ishtirok etgan. Ular tik turgan holda shifokorlarni qarsaklar bilan olqishlamoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik san’atkorlar 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ni jamoat fondiga yo‘naltirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)