• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bir necha yil oldin dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan, hozir esa hech kimga kerak bo‘lmay qolgan Aleksis Sanches haqida

    Yevropada Aleksis Sanches nomi 2011-yili “Udineze“dan “Barselona”ga 26 million yevro evaziga ko‘chib o‘tganidan keyin mashhur bo‘lib ketadi. Kataloniya klubi Aleksisni katta niyatlar bilan sotib olgandi, boisi chililik futbolchi Italiya A Seriyasida ajoyib mavsumni o‘tkazgandi. 31 uchrashuvda 12 ta gol va 7 assist.

    Foto: “Barselona”

    Foto: “Barselona”

    Ispaniyadagi faoliyati ham yomon boshlamadi. Dastlabki uchta o‘yindan so‘ng Sanches biryo‘la ikki sovrinni (Ispaniya va Yevropa Superkubogi) qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Bundan tashqari La Liganing birinchi turida “Vilyarreal“ darvozasini ishg‘ol etadi. Biroq chempionatdagi debyutidan bir hafta o‘tgach, jarohat oladi va 2 oy muddatga safdan chiqadi. Bundan Sanches o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va aksincha futbolga bo‘lgan chanqog‘i yana-da ortadi. Noyabr oyining o‘rtalariga kelib, Sanches yuqori sport formasini tiklab oladi va Ispaniyadagi birinchi mavsumida o‘z hisobiga 15 ta gol va 11 ta assist yozdirib qo‘yadi. Sanches 2012/13-yilgi mavsumni unchalik ham yorqin o‘tkazmaydi, barcha turnirlarda 11 ta golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2013/14-yilgi mavsum oldidan esa uzoq kutilgan transfer — Neymar “Santos”dan olib kelinadi. Ko‘pchilik tomonidan Sanchesning kuchli raqobat tufayli zahirida o‘tirib qolishi taxmin qilingandi. Biroq hammasi aksincha bo‘ldi. Sanches o‘zining nafaqat “Barselona”dagi, balki faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlaridan birin o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 21 ta gol urdi (o‘sha mavsumda klubning ikkinchi to‘purari bo‘ldi) va 14 ta golga hammualliflik qildi. U hatto Janubiy Amerika sohillarida ham bu darajada yaxshi o‘ynamagan bo‘lsa kerak.

    Foto: “Barselona”

    Foto: “Barselona”

    Sanches Braziliyada o‘tkazilgan 2014-yilgi Jahon Chempionatiga 4 yil avval JARda bo‘lgani kabi oddiy o‘yinchi emas, balki asosiy yulduzlardan biri sifatida boradi. Chili terma jamoasi Ispaniya, Niderlandiya va Avstraliya bilan bir guruhdan o‘rin olib, anchagina jiddiy raqiblarga ro‘baro‘ kelganiga qaramay, pley-off masalasini muddatdan oldin naqd qilib qo‘yadi.

    Pley-offdagi bahsda mezbon Braziliya penaltilar seriyasidagina Chilini taslim qilishga muvaffaq bo‘ladi. Aleksis esa turnirda ikkita gol urib, qaysidir ma’noda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Mundial tugashi bilanoq Sanches “Barselona”ni tark etishga qaror qiladi. Bu esa komfort zonasini tark etish degani edi.

    Sanchesning o‘zi katalon klubidan ketishini shunday izohlagandi:

    “Menga yangi loyiha va yangi tajriba kerak edi. “Barsa”da hujumkor o‘yinchilarning ko‘pligini hisobga olib, to‘g‘ri qaror qabul qilganimga ishonaman”.

    Sanchesning “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Dani Alves uning ketishi to‘g‘risida quyidagi so‘zlarni aytgandi:

    “U jamoaning falsafasini tushuna olmadi. Kim buni qila olsa, jamoada qoladi. Sanches boshqa klubning yetakchisi bo‘lishga qaror qildi”.

    Sanchesning “Barselona“dagi faoliyatiga nazar solinsa, u shunchaki “yaxshilardan biri” bo‘lishdan zerikdi va “eng yaxshisi” bo‘lishni istadi. U o‘zi uchun to‘g‘ri klub va murabbiy tanlashi kerak edi. Va bu qaysidir ma’noda muvaffaqiyatsiz kechmadi.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    2014-yilning iyul oyida Londonning “Arsenal” klubi Sanchesni 35 million yevroga xarid qilganini e’lon qildi. Uning “kanonirlar” safiga o‘tishida Arsen Vengerning shaxsan o‘zi muhim rol o‘ynagan. O‘z odatiga ko‘ra, Sanches bu yerda ham kelishi bilan sovringa ega chiqdi (Angliya Superkubogi). Keyinchalik esa xuddi anchadan beri APLda o‘ynab kelayotgandek, uni “bo‘laklar”ga bo‘lib tashlashni boshladi. U “Arsenal” va Angliya futboliga juda mos tushgandi. Hech qanday jarohatlarsiz o‘tkazgan ilk mavsumida Sanches 2 ta sovrin, 16 ta gol va 8 ta assist qayd etdi va muxlislar e’tirofiga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

    2015/16-yilgi mavsumda ham Sanches porlashda davom etdi va jamoasi bilan turnir jadvalida Ranyerining ertaknamo “Lester”idan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natijada Sanchesning hissasi beqiyos edi, u o‘z hisobiga 13 ta golni rasmiylashtirib qo‘ydi. Biroq hamon “Arsenal” uchun Chempionlar Ligasining 1/8 finali zabt etilmayotgandi. Afsuski, 2016-yilda ham hech narsa o‘zgarmadi. “To‘pchilar” Sanchesning sobiq jamoasi “Barselona”ga to‘qnash keldi va ikki o‘yinga ko‘ra 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Arsenal”da o‘ynab yurgan vaqtlari Chili terma jamoasi bilan ikki (2015, 2016-yillarda) bora Amerika Kubogida g‘alaba qozondi va termasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Premyer Liganing keyingi mavsumida ham Aleksis 24 ta gol va 11 ta golga hammualliflik qilib, Robin van Persining rekordini yangilaydi. “Arsenal” yana bir bor Angliya Kubogiga ega chiqadi, Sanches esa klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Quyidagi o‘ziga xos belgilar bilan tuzilgan xaritada Sanchesning zarblari ifoda etilgan, yashil rangdagi nuqtalar —kiritilgan gollar. U 38 ta o‘yinda raqiblar darvozasi tomon 136 marotaba zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘lgandi. Shulardan 24 tasi esa golga aylangan. Bu har 5 hamda 6-zarba darvozadan joy oldi degani edi.

    Och yashil rangdagi zarbalar gol bilan yakunlanganini anglatadi

    Och yashil rangdagi zarbalar gol bilan yakunlanganini anglatadi

    Taqqoslash uchun bunisi Eden Azarning xaritasiga nazar tashlash mumkin. U ham o‘sha mavsumda Sanches kabi juda yaxshi harakat qilgandi.

    Och yashil rangdagi zarbalar gol bilan yakunlanganlikni bildiradi

    Och yashil rangdagi zarbalar gol bilan yakunlanganlikni bildiradi

    Misol uchun, Agueroning har 8-zarbasi golga aylangan bo‘lsa, Ibrahimovichning o‘rtacha har 7-zarbasidan keyin to‘p raqib darvozasidan joy olardi. Sanches to‘purarlik poygasida esa faqatgina Lukaku (25 gol) va Keynga (29 gol) imkoniyatni boy berdi. Asosan qanotlarda harakatlanuvchi futbolchi uchun bu yomon natija emasdi.

    Sanches “Arsenal” uchun bor imkoniyatlarini sarfladi. Biroq jamoa bunga munosib javob bera olmadi. Jamoa o‘tgan mavsumdagi ikkinchi o‘rnini saqlab qola olmaydi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasinigina beradigan beshinchi o‘ringa tushib ketadi.

    O‘shanda matbuotda Sanchesning “Manchester Siti”ga o‘tishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshlagandi. Hatto tomonlar shartnomaning barcha detallarigacha kelishib olishgani ham ta’kidlangandi. Biroq oxirgi vaziyatlarda “Arsenal”ning bitimga Rahim Sterlingni qo‘shish talabi qo‘yilgani uchun transfer amalga oshmay qolgandi.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    2017/18-yilgi mavsumni Sanches Konfederatsiyalar Kubogida olgan jarohati bilan boshladi. Darvoqe, o‘sha yili Chili musobaqaning finaligacha yetib borib, Germaniya termasidan alamli mag‘lubiyatga uchragandi.

    “Arsenal” safida Yevropa Ligasida to‘p tepar ekan, u xuddi majburligidan o‘ynayotgandek taassurot uyg‘otardi. APLda ham avvalgi Sanches topib bo‘lmasdi. 2018-yilda u Gvardiola quchoq ochib kutayotgan va bir talay sovrinlarga ega chiqishi mumkin bo‘lgan “Siti”ga emas, balki ko‘proq maosh kafolatlangan Joze Mourinyoning “Yunayted”iga o‘tadi. “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan bir yarim yilida Sanches 45 ta o‘yin o‘tkazib, bor-yo‘g‘i 5 ta gol urdi (bitta golga 877 daqiqa to‘g‘ri keldi). “Arsenal”da o‘tkazgan eng yaxshi yillarida u har ikki-uch o‘yinda shuncha gol urardi.

    Quyida uning “qizil iblislar” safidagi ilk to‘liq mavsumidagi (20 ta o‘yin) ko‘rsatkichi.

    Atigi bitta gol

    Atigi bitta gol

    Ehtimol uning yangi klubga moslasha olmaganiga sabab, “Barselona” va “Arsenal” kabi hujumkor jamoalarda o‘ynaganidir. Balki haddan ziyod ko‘p oylik maosh olishi, yoki jarohatlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Sanches aynan jarohatlari sabab qariyb to‘rt oyni maydon tashqarisida o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

    Aleksis “Yunayted”dagi vaqtlari haqida shunday deydi:

    “Jamoadoshlarimga har doim o‘ynashni istashim to‘g‘risida gapirardim. Agar menga ko‘proq o‘ynash imkoniyati berilganida, men o‘zimning eng yaxshi futbolimni ko‘rsatgan bo‘lardim”.

    “Manchester”da Aleksis haftasiga 450 ming yevro (hammadan ko‘p) olardi, biroq akademiya o‘yinchilaridan ham yomonroq o‘ynardi. Bunday o‘yinchini zaxirada ushlab turish va undan nimadir kutishdan hech qanday ma’no yo‘q edi. 2019-yilning yozida esa “Inter”, xususan, Antonio Konte unga qiziqish bildiradi. Biroq Milan klubi uni sotib olishni emas, balki “Yunayted” uning maoshining yarmini (175 ming yevro) to‘lash sharti bilan bir yil muddatga ijaraga oladi. Sanches 15 ta gol urganidan so‘nggina “Inter” uni sotib olish borasida muzokaralarni boshlashini ma’lum qilgandi.

    Afsuski, muzokaralar boshlanadiganga o‘xshamayapti. Sanches A Seriyada 15 ta o‘yin o‘tkazib, atigi bitta gol urdi. “Inter”ga o‘tish Sanches uchun tom ma’nodagi muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.

    Foto: Calciomercato

    Foto: Calciomercato

    Konte Sanches maydonga tushmagan har bir uchrashuvdan so‘ng deyarli bir xil gapni qaytarardi:

    “O‘yinchilarning tayyorligini ko‘rsam, albatta, ularni asosiy tarkibda maydonga tushiraman. Men jamoa manfaatlari uchun ishlashim kerak, alohida shaxslar uchun emas”.

    Manchesterliklar Sanchesning jamoada qolishini istamayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Hali ikki yillik shartnomasi bo‘lgan futbolchini boshqa klubga sotish rejalashtirmoqda. Ingliz nashrlaring yozishicha, 31 yoshli futbolchiga “Atletiko” va “Vest Hem” klublari qiziqish bildirmoqda.

    Sanchesning agenti mijozining MLS’ga borish niyati yo‘qligi va hali Yevropada o‘ynamoqchi ekanini aytgan bo‘lsa-da, unga Devid Bekhemning “Inter Mayami”si ham da’vogarlik qilmoqda. Sanches Mbappe yoki Sancho darajasidagi o‘yinni namoyish etgan taqdirda ham biror klubning uni sotib olishiga kafolat yo‘q, buning ustiga u hozirgi o‘yini bilan maqtana olmaydi. Sanchesning oldida ikki yo‘l turibdi: birinchisi kamtarona moliyaviy shartlarga rozi bo‘lib, futboldan zavqlanish bo‘lsa, ikkinchisi, yuqori maosh bilan zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishda davom etishdir.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    29.04.2020, 17:09   Izoh (0)   33007
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Habib Nurmagomedov: Dog‘istonda shifoxonalar to‘lgan, bemorlar soni esa ortmoqda

    29.04.2020, 16:24

    Baxtiyor Ashurmatov eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi

    29.04.2020, 15:13

    Futbol olamida eng ko‘p nafratga duchor bo‘lgan shaxslar reytingi tuzildi

    29.04.2020, 14:34

    Paulo Dibalaning to‘rtinchi tahlilidan ham koronavirus topildi. Futbolchi bir oydan beri davolanmoqda

    29.04.2020, 13:00

    “Inter” sobiq bosh murabbiyi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin

    29.04.2020, 12:02

    Argentinada koronavirus sabab futbol mavsumi muddatidan avval yakunlandi

    29.04.2020, 11:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.