• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Vahima va mish-mish mutlaqo bexabarlik ortidan paydo bo‘ldi”. Qorako‘lliklar “toshqin”dan qochib to‘plangan qirdan reportaj

    Davomi: Amudaryodagi hozirgi suv oqimi Qorako‘lda toshqin bo‘lishi uchun zarur ko‘rsatkichdan yetti barobar past ekanligi ma’lum qilindi

    Buxoro viloyatiga 27-aprel oqshomida Turkmanistondan kuchli shamol yopirildi. Ilgari kuzatilmagan bunday tabiiy ofatdan eng ko‘p qo‘shni mamlakat bilan chegarada joylashgan Olot va Qorako‘l tumanlari jabr ko‘rdi, xususan, elektr ta’minotida davomli uzilish yuzaga keldi. Bu esa hudud aholisining axborot masalasida tashqi dunyodan uzilib qolishiga, oqibatda asossiz hamda vahimali mish-mishlar ta’sirida harakat qilishiga sabab bo‘ldi. Koronavirus karantini davrini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qorako‘l tumanida o‘tkazayotgan “Daryo” jurnalisti, taniqli bloger Feruz Muhammad ayni voqealar markazida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Feruz Muhammadning ta’kidlashicha, 27-aprel oqshomida yomg‘ir aralash kuchli shamol (dovul) yopirilgach, soat 20:17 da elektr ta’minoti uzilgan. “Agar hozir qayta ulanmagan bo‘lsa, kecha uzilganidan qir tomon yo‘lga chiqqunimizgacha ham elektr yo‘q edi. Elektr yo‘qligi sabab na mobil aloqa, na internet, na boshqasi ishladi”, — dedi u soat 19:00 da “Daryo” muharrirlari bilan suhbatda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    U 28-aprel kuni tushdan so‘ng mahalladoshlari bilan birga Qorako‘ldagi Zamonbobo qiriga chiqqan; bu yerga odamlar shaxsiy avtomobillarida, yuk mashinalarida va hatto traktor tirkamalarida guruh-guruh bo‘lib “oqib kelgan”. “Qirga kelganimizdagina telefon ishladi. Shunda ham hammada emas”, — dedi Feruz. Aytishicha, odamlar tepalikka toshqin haqidagi mish-mishlar sabab kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Telefonda aloqa paydo bo‘lgach, Feruz ham viloyat, ham tuman favqulodda vaziyatlar idoralari bilan bog‘langan. “Unisi ham, bunisi ham toshqin haqidagi gap-so‘zlarni asossiz ma’lumot dedi. Tuman FVB vakili ‘biz hammayoqqa ma’lumot yuborganmiz’ dedi, lekin bu yerga odamlar aynan bexabarlikdan, toshqin haqidagi mish-mishga ishonib keldi va kelyapti”, — dedi u.

    O‘zini hokimiyat vakili deb tanishtirgan odam traktor ustiga chiqib, Zamonbobo qiridagi odamlarni tinchlantirmoqda.

    O‘zini hokimiyat vakili deb tanishtirgan odam traktor ustiga chiqib, Zamonbobo qiridagi odamlarni tinchlantirmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Feruz Muhammad soat 18:00 dan keyin mas’ullar paydo bo‘lgani, o‘zini hokimlik vakili deb tanishtirgan shaxs traktor ustiga chiqib, mish-mishlarni rad etganini, shundan so‘ng odamlar asta-sekin tarqala boshlaganini ta’kidladi. Qayd etish joiz, deyarli shu vaqtda viloyat hokimligi ham, respublika FVV ham toshqin va evakuatsiya haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.

    Zamonbobo qirini odamlar yengil mashinada tark etmoqda.

    Zamonbobo qirini odamlar yengil mashinada tark etmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Zamonbobo qirini traktor tirkamasida tark etayotgan odamlar.

    Zamonbobo qirini traktor tirkamasida tark etayotgan odamlar.
    Foto: “Daryo”

    Qorako‘lda bo‘lib turgan (va karantin oxirigacha o‘sha yerda qoladigan) “Daryo” jurnalistining ta’kidlashicha, agar odamlar haqiqiy ahvoldan biroz bo‘lsa-da xabardor bo‘lganida, ular hech bo‘lmasa, birlamchi axborot bilan ta’minlanganida edi, asossiz mish-mishlar ham tarqalmas, aholi vahimada uy-joyini tashlab yo‘lga ham chiqmas edi.

    “Daryo” izohi: Ushbu material tayyor bo‘lgach, soat 20:00 da tahririyat Zamonbobo qiridan uyi tomon yo‘lga chiqqan Feruz Muhammad bilan yana bir bor bog‘lanishga urindi. Lekin bu vaqtda uning telefoni yana tarmoqdan tashqarida edi.

    28.04.2020, 20:39   Izoh (0)   122579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Allohdan O‘zbekistonni turli balo-ofatlardan asrashini so‘rab duo qildi

    28.04.2020, 20:20

    Kuchli shamolning Qashqadaryodagi oqibatlari ma’lum qilindi

    28.04.2020, 20:16

    O‘zbekistonda 29-aprel kuni ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

    28.04.2020, 20:07

    Qashqadaryoda qaynsingil kelinoyisini o‘ldirib, uning 9 oylik chaqalog‘iga ham pichoq urdi

    28.04.2020, 19:37

    “Talafot oqibatlari tezda bartaraf etiladi”. Mirziyoyev tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi

    28.04.2020, 19:22

    Shavkat Mirziyoyev — Buxoroga yopirilgan shamol haqida: Bunday tabiiy ofat ilgari kuzatilmagan

    28.04.2020, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.