O‘zbekistoning janubi-g‘arbiy va markaziy qismiga 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, tezligi soniyasiga 40 metrgacha kuchaydi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p Buxoro viloyati jabr ko‘rdi: viloyatda kamida 30 kishi tan jarohati olgan, bir kishi halok bo‘lgan, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, viloyat bo‘yicha kamida 110 ming xonadon gazsiz qolgan.
Shamoldan jabr ko‘rgan hududlar ichida viloyatning Olot tumani ham bor. @davletovuz kanalida e’lon qilingan suratlarda tumandagi shamol va u bilan birga kelgan kuchli yog‘ingarchilik uylarning tomlarini uchirib yuborgani, daraxtlarni qo‘porib, daladagi ekinga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga doir:
- Buxoroda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi
- Video: Buxoro va Navoiyga yopirilgan kuchli shamol va uning oqibatlari
- Kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi
- O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi yomg‘ir aralash kuchli shamol tufayli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi
Izoh (0)