UFC prezidenti Deyna Uayt koronavirus pandemiyasi sabab bekor bo‘lgan Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
“Koronavirus bilan bog‘liq holat nimalarga olib kelgani barchaga ma’lum. Barchasi endi boshlangan paytda, qandaydir o‘zgarish kiritish kifoya edi, biroq ertasi kuni vaziyat butkul o‘zgarib ketardi.
Ertalab turasan, qoidalar esa boshqa. Nurmagomedov ham shunday vaziyatda qoldi va Rossiyaga qaytishga majbur bo‘ldi. U buni xohlamagandi va bu Habibning tanlovi emas, ammo shunday bo‘lib qoldi. Bu yerda hech kim aybdor emas.
Musobaqaga tayyorlanish jarayonida barchamizdan xato o‘tdi. Sababi biz folbin emasmiz va keyinchalik nimalar bo‘lishi bilolmasdik”, — deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va unga ko‘ra, asosiy jang yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Habib Rossiyadagi karantin sabab musobaqada ishtirok etolmaydigan bo‘ldi va uning o‘rnini Jastin Getji egalladi.
UFC 249 musobaqasi 9-may kuni Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)