Boks bo‘yicha superog‘ir vazn sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson xayriya tashkilotlariga yordam berish uchun bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etmoqchi.
“O‘tgan haftda zarbalar ustida ishlab ko‘rdim. Bu juda og‘ir bo‘ldi, tanam qiynaldi, og‘riq sezdim. Formaga kelib, ringga chiqishga va bir nechta ko‘rgazmali jang o‘tkazishga urinib ko‘raman. Ko‘rgazmali janglarda uch-to‘rt raund o‘tkaza oladigan holatga kelish uchun zalga borishni va formamni tiklashni xohlayman.
Uysizlarga va o‘zimga o‘xshagan giyohvandlikdan aziyat chekkanlarga yordam beraman. Bir soat davomida yugirish yo‘lagida ishlayapman. O‘z boksim ustida ishlab, 25-30 daqiqa qop mushlayman. Muntazam o‘zimni tartibga keltiryapman. Kombinatsiyalarni boshlayapman, biroq bu og‘riqli bo‘lmoqda. O‘zimni xuddi uch kishidan kaltak yegan odamdek his qilyapman”, — deydi Tayson.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)