Shirkat a’zolarining 50 foizidan ko‘pining ovozi bilan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xonadon uchun to‘lov narxlarini oshirishi mumkin. Bu haqda 24-aprel, juma kuni, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga asosan, shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar shirkat a’zolarining ellik foizidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
“Shirkat a’zolarining majburiy badallari miqdori shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Agar umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilangan bo‘lsa, qonuniydir. Umumiy yig‘ilish qarori mavjud bo‘lmasa, belgilangan majburiy badal qonuniy kuchga ega emas”, — dedi u.
Mavzuga doir:
- Mahalla vakillari ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi panjaralar va maydonlarni buzishi qonuniymi? Toshkent shahar hokimligi bunga javob berdi
- Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi
- Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi
Izoh (0)