Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi bir daqiqada minglab odamlarning tana haroratini o‘lchashga qodir “aqlli” shlemlar bilan ta’minlandi, deb xabar beradi Reuters.
Politsiya shlemi tana haroratini o‘lchash uchun an’anaviy termometrlardan farqli ravishda kamroq vaqt va inson bilan aloqa talab etadi. Politsiya xodimi odamlardan besh metr uzoqda turib, uning ahvolini aniqlay oladi. Agarda kimningdir tana harorati baland bo‘lsa, maxsus signal ishga tushadi.
Shlemlarni ishlab chiqarish bilan Xitoyning KC Wearable kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, ular hozirga qadar 1000 dan ortiq shu turdagi qurilmalarni sotishga muvaffaq bo‘lgan. Asosiy buyurtmalar O‘rta Sharq mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Osiyodan kelib tushmoqda.
Dubay politsiyasi shlemlardan aholi ko‘p istiqomat qiladigan viloyatlarni, xususan, yopiq tumanlarni tekshirishda foydalanmoqda. Tana harorati yuqori bo‘lgan odam aniqlansa, u qo‘lga olinib, shifokorlar yordamga chaqirilmoqda.
Izoh (0)