Qozog‘istonda 23-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar yana 56 nafarga ortib, ularning jami soni 2191 kishiga yetdi. Bu haqda Davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 515 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:
- Nur-Sulton — 421;
- Olmaota — 735;
- Qizilo‘rda viloyati — 157;
- Atirau viloyati — 82;
- Qarag‘anda viloyati — 102;
- Oqmo‘la viloyati — 83;
- Olmaota viloyati — 62;
- Turkiston viloyati — 76;
- Jambil viloyati — 79;
- Aqto‘be viloyati — 34;
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 30;
- Chimkent — 103;
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 15;
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 86;
- Pavlodar viloyati — 43;
- Ko‘stanay viloyati — 36;
- Mang‘istov viloyati — 19 ta holat.
Izoh (0)