• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Havaskor va prof boksdagi farq, ilk gonorar, noxolis hakamlik hamda Olimpiada orzusi haqida Isroil Madrimov bilan intervyu

    Isroil Madrimov — o‘zbek boksining oltin avlodi vakili. U 1995-yil 16-fevralda Xorazmda tug‘ilgan.

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Havaskor boksda 2014-yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medal, 2018-yilgi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan. Uzbek Tigers jamoasi safida WSB musobaqasida 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 2018-yil 24-noyabrida professional boksdagi faoliyatini boshlagan. U birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandesni 6-raundda nokautga uchratgan. Shundan so‘ng Isroil yana 4 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasida nokaut evaziga g‘alabaga erishdi. Bu orada sportchi WBA Intercontinental kamari sohibiga aylandi. Dunyoga mashhur promouter Eddi Hirn yaqin 10 yillikning eng yaxshi bokschisi bo‘lishga asosiy da’vogar sifatida Madrimovni qayd etib kelmoqda.

    “Daryo” muxbiri esa karantin vaqtida o‘zbekistonlik bokschi bilan suhbat qurishga muyassar bo‘ldi.

    — Boksga kirib kelishi, bolalik yillari va undagi orzulari haqida

    — Beshinchi sinfda o‘qiyotgan vaqtimda sport maktabiga qabul qilinganman. Boksdagi ilk saboqlarimni o‘sha yerda olganman. Dastavval menda sportchi bo‘lish istagi unchalik kuchli bo‘lmagan. Keyinchalik yutuqlar ketidan yutuqlar bo‘lavergach, yanada katta marralarni zabt etishni niyat qila boshlaganman. Osiyo o‘yinlarida Elshodbek Rasulov va boshqa bokschilarning g‘alabalarini ko‘rib, ularga havas qilib jahon arenalarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilishni niyat qilganman.

    — O‘ziga xos jang uslubingiz ayniqsa, sakrab beriladigan zarbalari raqiblarini dovdiratib qo‘yishi va bu mahoratga qanday erishgani haqida

    — Albatta, har bir sportchining o‘ziga xos uslubi bo‘lgani kabi menda ham ko‘proq sakrab zarba berish va kutilmaganda hujum qilish uslubi yaxshi rivojlangan. Shuni hisobga olib, ko‘proq shunday harakatlarni bajarishga va uzoq masofalardan zarba berishga intilaman. O‘ylashimcha, bu muxlislarga ham yoqadi. Tabiiyki, bunday uslublarga ko‘p yillik mashg‘ulotlar va tinimsiz mehnat orqali yetiladi.

    — O‘zbekistonlik bokschilarning so‘nggi yillardagi gegemonligi hamda yangi avlod haqida

    — Bugungi kunda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi dunyoda yetakchilardan sanaladi va biz bu natijani tushirmaslikka harakat qilishimiz kerak. Hozirda yosh avlod yetishib kelmoqda, biz ularga ko‘proq e’tibor qaratishimiz, motivatsiya berib turishimiz va mashg‘ulot jarayonlarida o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishimiz lozim. Umid qilamanki, ular o‘zidan katta akalariga munosib o‘rinbosar bo‘la oladi.

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    — Professional va havaskor boksning farqi, o‘ziga qaysi biri qulayligi haqida

    — Hozirgacha ikkalasida imkoniyatimni sinab ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ularning farqi haqida gapiradigan bo‘lsam, professional boks 12 raund davom etadi. Siz unga o‘zingizni jismonan va ruhan tayyorlay olishingiz kerak. Havaskorda esa 3 raundda barchasi tez hal bo‘ladi. Hozirda menga ko‘proq professional boks yoqyapti va unga moslashishim tezroq kechmoqda. Shu paytgacha beshta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozondim. Albatta, havaskor boksni ham unutib qo‘yganim yo‘q, mashg‘ulotlarni olib boryapmiz.

    — Havaskor boksdagi hakamlik, o‘ziga bo‘lgan noxolis munosabatlar haqida

    — To‘g‘ri, havaskor boksda hakamlarning xatoliklari uchrab turadi va asosan menda ko‘proq takrorlanib, shijoatimning so‘nishiga sabab bo‘lgan. Professionalga o‘tishimning asosiy sabablaridan biri ham shu. Ochig‘i, bu muammoni hal qilishning iloji bormi, yo‘qmi degan savolga javob berish qiyin. Chunki bu holat oldin ham bo‘lgan va, menimcha, bundan keyin ham bo‘ladi (kulib). Bu holatning oldini olish uchun bahsni birinchi raunddayoq tugatish kerak deb, o‘ylayman. Bu esa juda qiyin.

    — Professional boksdagi ilk gonorari 

    — Ilk g‘alabamdan keyingi gonorarim 50 ming AQSh dollari bo‘lgan.

    — AQSh va O‘zbekistondagi hayot tarzi haqida

    — Amerika haqida gapiradigan bo‘lsam, judayam rivojlangan davlat va yashash uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Har qanday yumushingizni uydan chiqmasdan turib hal etishingiz mumkin. Mahalliy aholi ham bir-biriga hurmat bilan muomala qiladi. Qo‘shningiz yoki biror boshqa insonda qandaydir xusumatingiz bo‘lsa ham unga yaxshi munosabatda bo‘lishingiz kerak. Mana shu tomonlari meni hayron qoldirdi. Biroq G‘arb davlatlarida bo‘lgani kabi, u yerda ham farzand balog‘at yoshiga yetgach, ota-onasidan alohida yashaydi. Bu esa bizning mentalitetimizga yod bo‘lgan tushuncha.

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    — Sportning aksariyat turlarida boshqaruv bevosita sportga aloqador bo‘lmagan shaxslar qo‘lida ekanligiga munosabati

    — Bu sportning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qiladi. Agar rahbariyat sportni tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, albatta, o‘sha sportda o‘sish ham katta bo‘ladi, yutuqlar ham shunga yarasha bo‘ladi.

    — Professional sportchilarda har doim ham darslarga qatnashish imkoniyati bo‘lavermasligi haqida

    — Professional sportchilar birinchi navbatda mashg‘ulot va musobaqalarga e’tibor qaratadi. Lekin yoshlikda yaxshi bilim olinsa va muntazam ravishda takrorlab turilsa bu hech qachon ziyon qilmaydi. Qolaversa, har bir sportchi ko‘proq kitob mutolaa qilishi kerak. Bu – bevosita ularning ong darajasiga ta’sir ko‘rsatishdan tashqari, faoliyatida ham asqatadi.

    — Sport maktablariga kirish imtihonlaridagi nohaqliklar to‘g‘risida har xil gap-so‘zlar yurishi va bunga munosabati haqida

    — Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, agar sportda uni tushunmaydiganlar bo‘lsa, o‘sha sohada o‘sish bo‘lmaydi. Lekin sport maktabidagi murabbiylar yetarlicha tajribaga ega. Ular kelajakda yaxshi natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bolalarni saralab oladi va iloji boricha nohaqliklarga yo‘l qo‘ymaydi.

    — Iordaniyadagi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beradigan musobaqada ishtirok etmaganligining sababi haqida

    — Iordaniyadagi musobaqada qatnashmaganim sababi mart oyining boshida professional boksda navbatdagi jangimni o‘tkazishim kerak edi va bu oldindan rejalashtirilib qo‘yilgandi. Shuning uchun unda qatnasha olmadim.

    — Rio–2016 Olimpiadasiga bora olmagani haqida

    — Riodan qolib ketishimga o‘zim sababchiman, chunki Osiyo chempionatida imkoniyatni boy berib qo‘ygandim. Bundan tashqari, undan keyingi O‘zbekiston chempionatida ham muvaffaqiyatsiz tarzda ishtirok etgandim. Mening o‘rnimga chempionlikni qo‘lga kiritgan Shaxram G‘iyosov Rioga boradigan bo‘ldi. Bu, albatta, to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Muvaffaqiyatsizligimga sabab vaznimning oshib ketishi bo‘lgan. Shundan so‘ng, o‘zimni 75 kilogramm vazn toifasida sinab ko‘rishga qaror qildim. Shukurki, katta yutuqlarga erishyapman.

    — Hobbilari va sevimli mashg‘ulotlari haqida

    — Zavqli mashg‘ulotlarim juda ko‘p. Ko‘proq futbol, tennis o‘ynab turaman. Do‘stlarim bilan suhbatlashaman. Oilam bilan kam birga bo‘laman shu bois, bo‘sh vaqtim bo‘ldi deguncha, ota-onam va yaqinlarim bilan bir davrada o‘tirishga intilaman.

    — Hozir qayerdaligi, karantin va mashg‘ulotlar haqida

    — Hozir Xorazmdagi uyimdaman. Barchamizga ma’lumki, hozirda yurtimizda karantin joriy etilgan, uydan chiqmagan holda mashg‘ulot olib boryapman. Uyda mashg‘ulotlar uchun kerakli bo‘lgan barcha anjomlar bor. Men uyda bajarish mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlarni bajaryapman.

    — Kelajakdagi rejalari haqida

    — Kelajakdagi rejalarim, nasib etsa professional boksda chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritish va kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, O‘zbekiston hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘yish.

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Foto: Instagram/Isroil Madrimov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    23.04.2020, 09:06   Izoh (0)   35848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saloh, Mane, Firmino. “Liverpul”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

    23.04.2020, 08:39

    “Paxtakor” sobiq futbolchisi Vilgelm Qahhorov vafot etdi

    23.04.2020, 06:26

    “Liverpul” va “Manchester Yunayted” koronavirusga qarshi kurashyotganlarni o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatladi

    23.04.2020, 01:32

    Koutinyo “Barselona”ga kerak emas. Braziliyalikning xizmatlari “Chelsi”ga taklif etildi

    22.04.2020, 23:25

    “Real”ning “bosh og‘rig‘i” — Garet Beyl haqida

    22.04.2020, 20:39

    Andrey Kanchelskis Superliga qachon boshlanishi, Ahmedov va Shomurodov haqida

    22.04.2020, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14

    O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:50

    Qashqadaryodagi masjid AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:16

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    Kino | 7 iyun, 11:43

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 11:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.