• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    Buyuk Britaniyalik ekspertlarning ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkin, shuning uchun mamlakatlar cheklov choralarini yengillashtirishda ehtiyot bo‘lishi kerak, bunda sog‘liqni saqlash tizimlari yangi bemorlarni qabul qila olish imkoniyati ham hisobga olinishi kerak. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Cheklovlarni olib tashlashda ehtiyotkorlik

    Aprel oyida Yevropaning  bir nechta davlati koronavirusga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash rejalari haqida ma’lum qildi. Xususan, Avstriya, Italiya va Ispaniyada aprel oyining o‘rtasida bir qator kompaniyalar va savdo tashkilotlarining ishini qayta boshlashga ruxsat etildi. Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda. Chexiyada 14-apreldan boshlab xorijga chiqishga ruxsat berilgan, biroq xorijdan qaytgan fuqaro 14 kunlik karantinda bo‘lishi talab qilinadi.

    Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi

    “Vaksina paydo bo‘lguniga qadar kasallik har qanday mamlakatda uni yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan ko‘plab odamlarga yuqaveradi. Cheklovlarni olib tashlashda sog‘liqni saqlash tizimlari kasallikning ta’siri va oqibatlarini yengishga qodir ekanligi hisobga olinishi kerak. To‘satdan va ko‘p sonli cheklovlarni olib tashlash faqatgina kasallik tarqalishining yangi to‘lqinini yuzaga keltiradi, buni Yaponiya misolida ko‘rish mumkin”, — deya ma’lum qilgan London universitet kollejining reanimatologiya kafedrasi mudiri Xyu Montgomeri.

    “Agar bir kishining boshqalarga kasallik yuqtirishini ifodalovchi reproduktiv son — R’ning ko‘rsatkichi 1 kishidan pasaysa va ko‘rilgan choralar bu sonni mazkur darajada saqlab tura olsa, cheklovlarni yumshatishdan ma’no bor. Shunday ekan, agar cheklovlarning yumshatilishi yangi bemorlar sonini oshirsa, ijtimoiy masofalanish chorasi qayta tiklanishi mumkin. Har qanday yengillik — bu natijasi noma’lum tajriba”, — deb ta’kidlagan Sent-Endryus universitetining professori, Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Ian Boyd.

    Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusni yengish uchun cheklovlarga sabr qilishga tayyor odamlar soni oshmoqda

    “Cheklov choralarining tezlik bilan olib tashlanishiga hali vaqtli, chunki infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qandayligi hozircha noma’lum. Ikkita ssenariy bo‘lishi mumkin”, — deb gapiradi Oksford universitetining biokimyo kafedrasi dotsenti Alfredo Kastello Palomares.

    “Birinchi ssenariy — virus muhitda biz dastlab o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq turadi va bunda virus yuqtirganlar soni ham ko‘proq bo‘ladi. Demak, ko‘plab kishilarda allaqachon immunitet mavjud. Bunday odamlar virusning bundan keyingi tarqalishi yo‘lida o‘ziga xos devor bo‘ladi. Ikkinchi ssenariy — aholining kam qismigina virus yuqtirib olgan. Bunday vaziyatda virusning tarqalishiga to‘siq bo‘ladigan devor yo‘q va bunda virusning tez tarqalishi boshlanadi, ya’ni ikkinchi to‘lqin yuzaga keladi”, — deya olim voqealarning ehtimoliy rivojini tavsiflaydi. Uning qayd etishicha, asosiy cheklov choralari olib tashlangandan keyin ijtimoiy masofani, ish o‘rinlarida xavfsizlikni saqlashga imkon beradigan reja va aeroportlarda nazorat punktlari kerak bo‘ladi.

    Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Kasallikning ikkinchi to‘lqini ehtimoli

    Barcha ekspertlar kasallikning ayni paytdagi eng yuqori cho‘qqisi o‘tib ketganidan keyin uning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrga qo‘shiladi. “Faktlarga ko‘ra, bu virus juda zararli va tez tarqaladi. Har bir odam uch kishiga virusni yuqtirishi mumkin, shuning uchun bir kishi boshqa o‘n kishi orqali 88572 kishini zararlashi mumkin”, — deya misol keltirgan Montgomeri. Uning ta’kidlashicha, agar hukumatlar barcha izolyatsiya choralarini tezda bekor qilsa, ikkinchi to‘lqin birinchisidan ham katta bo‘lishi mumkin.

    “Infeksiyaning kelajakda, kelgusi qishda tarqalishini ko‘rishimiz ehtimoli katta, xususan, har yili gripp bilan kasallanish kabi”, — deydi Boyd. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqinning qanday bo‘lishi hukumatlar tomonidan saqlab qolinadigan nazorat choralariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. O‘z rejasiga ega bo‘lmagan mamlakatlar ijtimoiy masofalanishni qayta tiklashga va uning iqtisodiy oqibatlarini ko‘rishga majbur bo‘ladi.

    Xyu Montgomerining prognozlariga ko‘ra, olimlar virusga qarshi vaksinani joriy yilning kuzigacha tayyorlay olmaydi. Boydning fikricha, virus belgilariga qarshi kurash uchun nisbatan samarali dorilarning yaratilishi ham ehtimoldan holi emas.

    Ekspertlar virusning mutatsiyaga uchrash ehtimolini ham qayd etib o‘tgan, bu esa ishlab chiqilgan har qanday vaksinani samarasiz qilib qo‘yadi. “Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, bu virus ham istisno emas. Odatda, ularning tajovuzkorligi pasayadi, biroq har bir gripp virusi kabi ular o‘zgarishi va vaksina ishlab chiqargan immunitetni yaroqsiz qilib qo‘yishi mumkin”, — deydi Montgomeri.

    Mavzuga doir: Xitoylik olimlar koronavirusning og‘irroq shakli borligidan ogohlantirdi

    “COVID-19’ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV 2 virusi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Uning zararlash ehtimoli aynan qanday o‘zgarishini aytib bo‘lmaydi, biroq uni davolash va unga qarshi kurashning qiyinlashish ehtimoli mavjud”, — deb taxmin qiladi Boyd.

    Palomaresning ta’kidlashicha, SARS-CoV 2 virusining mutatsiyaga uchrash qobiliyati tarkibida RNK bo‘lgan boshqa viruslarga nisbatan pastroq. Ilmiy hamjamiyatning xavotiriga ko‘ra, SARS-СoV 2 virusiga qarshi antitananing odam qonida nisbatan kam muddat (bir—ikki yil) bo‘lishi haqida dalillar mavjud, bu holatda epidemiyani to‘xtatish uchun vaksina kerak bo‘ladi.

    Butun dunyoda 22-aprel holatiga ko‘ra, 2,5 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 177 mingdan ortiq odam kasallik qurboniga aylangan. Kasallikdan tuzalganlar soni 696948  kishiga yetgan.

    Mavzuga doir:

    • AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi
    • Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi prognoz qilindi

    23.04.2020, 10:07   Izoh (0)   24739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusning ingliz tiliga ta’siri sababli Oksford lug‘atiga yangi so‘zlar kiritildi

    22.04.2020, 07:14

    Uxandagi virusologlar koronavirusning sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi

    19.04.2020, 23:56

    Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishlarini aniqladi

    17.04.2020, 06:17

    Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi

    16.04.2020, 21:09

    Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi

    16.04.2020, 07:36

    Olimlar koronavirusga chalinganlar ta’m bilish va hid sezish hissini yo‘qotayotganini o‘rganmoqda

    15.04.2020, 19:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.