Xonanda Billi Aylish akasi Finneas bilan birgalikda kuchuk asrab oldi. Elle nashrining yozishicha, kuchuk Los-Anjelesdagi Angel City Pit Bulls jonivorlar saqlanadigan markazdan asrab olingan.
Ta’kidlanishicha, 19 yashar Billi asosiy vaqtini kuchugi bilan birga o‘tkazmoqda. Buni xonandaning uyi yaqinida olingan suratdan ham bilish mumkin. Suratda, oq sport kiyimidagi Billi to‘q kulrang pitbulni bag‘riga bosib turganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)