O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 nafarga oshib, 1692 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 21-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1678 taga yetgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirilgan. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.
Izoh (0)