Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bahor faslida ko‘pchilikda avitaminoz, ya’ni vitamin yetishmasligi sabab lohaslik, bo‘shashish va charchash kuzatiladi. Bunday vaqtda vitaminlarga boy foydali taom va salatlarni iste’​mol qilish kerak. E’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan baqlajonli salat ham foydali, ham mazaliligi bilan o‘ziga xos.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Salat uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Baqlajon — 400 gramm
  • Bulg‘or qalampiri — 150 gramm
  • Sabzi — 100 gramm
  • Piyoz — 80 gramm
  • Ko‘​katlar
  • Sarimsoq piyoz — 2-3 dona
  • Kunjut — 1-2 osh qoshiq
  • Qizil va qora murch — ta’bga qarab
  • O‘simlik yog‘i
Sousi uchun:
  • Shakar — 1 choy qoshiq
  • Soya— 2 osh qoshiq
  • Sirka 9% — 2 osh qoshiq
  • O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovada yog‘ qizdirib somoncha shaklida to‘g‘ralgan baqlajon tillarang bo‘lgunicha qovurib so‘ngra boshqa idishga solinadi.
  2. Piyoz ham tillarang bo‘lguncha qovuriladi.
  3. Sabzi qirg‘ichdan chiqarib, tuzlanadi.
  4. Bulg‘or qalampirining ichki qismi tozalanadi, somoncha shaklida to‘g‘raladi.
  5. Qolgan sabzavotlar ham to‘g‘rab bir idishga solinadi.
  6. Yuqorida sous uchun ta’kidlangan mahsulotlar qo‘shib salatga aralashtiriladi.
  7. Kunjut sepiladi va soviganidan keyin muzlatgichga 3-4 soatga qo‘yiladi.
Salat tayyor, yoqimli ishtaha.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda