Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 170 ming kishidan oshib ketdi, kasallanganlar esa 2,5 million kishiga yaqinlashmoqda.
Qayd etilishicha, ayni paytda dunyo bo‘yicha kasallanganlarning umumiy soni 2 478 534 kishini tashkil etmoqda, 170 389 kishi vafot etdi, 645 mingdan ortiq bemor tuzaldi.
Qurbonlarning yuz mingdan ortig‘i beshta davlat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — AQSh (42,3 ming), Italiya (24,1 ming), Ispaniya (20,8 ming), Fransiya (20,2 ming) va Buyuk Britaniya (16,5 ming).
O‘zbekistonda esa 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Izoh (0)