• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Yapon olimlari materiya va antimateriya asimmetriyasining sabablaridan birini topdi

    Biz koinotda ko‘rib turgan hamma narsa materiyadan iborat. Fiziklar uchun bu anchayin muammo sanaladi. Chunki fizika nuqtayi nazarida materiya va antimateriya o‘zaro ekvivalent bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Yapon olimlarining bu boradagi izlanishlari haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    Tabiatdagi mavjud materiya miqdoriga muqobil miqdorda antimateriya ham bo‘lishi darkor. Xususan, zamonaviy fizikaning markaziy nazariyalaridan bo‘lmish Standart modeli shuni taqozo qiladi. Aniqrog‘i, biz materiya va antimateriyaning o‘zaro to‘qnashishi va annigilyatsiyasidan qolgan fotonlarnigina kuzatishimiz kerak edi. Yanada aniqrog‘i esa biz buni ham ko‘ra olmasligimiz kerak edi, chunki bizning tanamiz ham materiyadan iborat va unga muqobil antimateriya bilan bu materiya allaqachon bir-birini neytrallab qo‘yishi kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lekin tabiatda bunday emas va biz har yon har tarafda materiyaning tiqilib yotganini ko‘rib turibmiz. O‘zimiz ham g‘ij-g‘ij materiyadan tashkil topgan tana ichida yashaymiz. Antimateriya juda oz miqdorda. Chunki koinot yaratilgan o‘sha ilk hodisa — “Ulkan portlash”dan keyin tabiatda materiyaning miqdori antimateriyaning miqdoridan ko‘proq bo‘lib qolgan va undan yulduzlar, galaktikalar, sayyoralar va siz bilan bizning tanamizni tashkil qiluvchi moddalar shakllangan. Demak, materiya va antimateriya o‘zaro ekvivalent ham emas. Boshqacha aytganda, materiya va antimateriya o‘zaro asimmetrikdir!

    Olimlar subatom zarrachalar miqyosida simmetriyaning buzilishiga oid bitta misolni aniqladi. Lekin buning o‘zi bilan tabiatda nega materiya antimateriyadan ko‘proq ekanini izohlab bo‘lmaydi. Boshqa turdagi asimmetriyalar haqida ham muayyan gipotezalar ilgari surildi. Shunday gipotezalardan biri yaqinda yapon olimlarning izlanishlari tufayli isbotlangandek ko‘rinmoqda.

    Albatta, e’lon qilingan ushbu tadqiqot natijasining aniqlik darajasi hali uni kashfiyot sifatida to‘laqonli e’tirof etishga yo‘l bermayapti. Lekin qo‘rqmasdan aytish joizki, mazkur tadqiqot ancha yillardan beri joyidan qo‘zg‘almay turgan mazkur sohadagi izlanishlarning keyingi rivoji uchun mustahkam asos barpo qilib beradi. Xullas, muz joyidan ko‘chdi. Keling, uning mohiyati bilan tanishamiz.

    Subatom zarrachalar asimmetriyasi

    Materiyaning ko‘proq ekani, fundamental zarrachalar miqyosidayoq namoyon bo‘lishi kutilgan va tabiiy narsa (chunki hamma materiya ham, avvalo, shu subatom zarrachalardan tuzilgan bo‘ladi). Hozircha bunday farq neytronlar, protonlar va boshqa zarralarni tashkil qiluvchi zarrachalar — kvarklar turkumida aniqlandi. Subatom kvark zarrachalari miqyosidagi materiya va antimateriyaning bu taxlit farqi 1964-yilda kvarklar va antikvarklarning kuchsiz o‘zaro ta’sirlaridan aniqlandi.

    Lekin, materiya va antimateriyaning o‘zaro nomuvofiqligini izohlash uchun buning o‘zi kamlik qilgan.

    Albatta, boshqa tafovutlar borasida ham gipotezalar mavjud. Masalan, leptonlar deb yuritiladigan zarrachalar turkumi uchun ham tegishli gipoteza ishlab chiqilgan. Leptonlar — bu neytrino, myuonlar, elektronlar va shunga o‘xshashlardir. Va leptonlar va antileptonlar o‘rtasida asimmetriya mavjud bo‘lsa, unda vaqt o‘tishi bilan buning natijasida nafaqat leptonlarning antileptonlarga nisbatan ko‘proq bo‘lib qolishiga, balki atom massasining katta qismini tashkil qiluvchi zarrachalar turkumi — barionlarning ham ko‘proq bo‘lishiga olib kelishi kerak.

    Xo‘sh, bu farqni qanday qilib payqash mumkin? Olimlar zarrachalar ustidan juda uzoq kuzatuv olib bordi. Xususan, ular neytrinoni ko‘proq kuzatdi. Yaponiyaning T2K Collaboration nomli yirik ilmiy loyihasi aynan shu masala bilan shug‘ullanadi. Bu chuqur yerostiga joylashtirilgan g‘alati tajriba maydonchasi bo‘lib, u tutqich bermas zarracha — neytrinoni poylash uchun barpo qilingan.

    Hamma gap neytrinoda!

    Neytrino — o‘ziga xos jihatlari bilan mashhur bo‘lgan subatom zarrachasidir. Bu o‘ziga xosliklardan eng asosiysi shuki, uning muayyan aniq bir holati mavjud emas. U uch xil holatlar orasidagi superpozitsiya holatida bo‘ladi. Biz neytrinoga tegishli o‘lchov olib borganimizda, u yoki elektron-neytrino yoki myuon-neytrino yo tau-neytrino holatida bo‘ladi. Afsuski, yaponlarning o‘sha mazkur detektori tau-neytrino holatini baribir tuta olmaydi.

    Siz myuon-neytrino guruhchasidan birortasini aniqlasangiz, katta ehtimollik bilan keyingi safar bir necha elektron-neytrinoga duch kelasiz.

    Bularning o‘zaro o‘zgaruvchanligi bilan materiya-antimateriya asimmetriyasining nima aloqasi bor?

    Gipotetik jihatdan neytrinoning o‘zgaruvchanligi antineytrinoning o‘zgaruvchanligidan farq qilishi kerak. Va ushbu farqni sezish uchun esa bu kabi zarrachalar ustidan yuz va balki minglab marta kuzatuv o‘tkazish kerak.

    Yerosti tajribaxonasi nimaga kerak?

    T2K loyihasi ustida ishlayotgan olimlar mana bir necha yildirki, protonlarni to‘qnashtirish orqali beqaror zarrachalar oqimini hosil qilish bilan tajribalar yuritmoqda. Zarralar to‘qnashgach, bir necha myuon-neytrino hosil qiladi va ular o‘sha yo‘nalishda uchishda davom etadi. Natijada, neytrinodan iborat oqim yuzaga keladi. Olimlar esa yoki myuon-antineytrinodan nur oqimi yoki myuon-neytrinodan iborat nur oqimini hosil qilish orqali zarrachalarning zaryadini boshqarib turishlari mumkin bo‘ladi.

    Keyin ushbu nurlar 300 km masofada joylashgan suv rezervuariga tomon yo‘naladi. Bu o‘rinda hech qanday tunnelga zarurat bo‘lmaydi, chunki neytrino deyarli hech qachon materiya bilan o‘zaro ta’sirlashmaydi. Ushbu uchish masofasi davomida esa o‘sha myuon-neytrinolardan ayrimlari elektron-neytrinoga aylanishi mumkin (yoki myuon-antineytrinolardan ayrimlari elektron-antineytrinoga aylanadi).

    Suvli rezervuar tajribaxonasi Super Kamiokande deb nomlanadi va unda sof molekulyar suv saqlanadi. Uning devorlari fotodetektorlar bilan qoplangan. Unga yetib kelgan neytrino suv molekulasi yadrosidagi zarrachalar bilan ta’sirlashganda (bu juda kamdan-kam sodir bo‘ladi) undan elektron va myuonlar uchib chiqib ketadi. Detektorlar esa ushbu uchib chiqib ketishdan hosil bo‘lgan yorug‘likni payqaydi va qayd qiladi, shuningdek, uning turini aniqlaydi (tau turini aniqlay olmasligini yuqorida aytdik).

    Ishonasizmi, T2K loyihasida, yerosti tajribaxonasida yapon fiziklari 2009-yildan buyon shunday eksperimentlarni olib bormoqda. Ular yaqinda e’lon qilgan tahlillar esa 2009—2018-yillarda olingan juda ko‘p sonli tajriba natijalariga tayanadi. Ular boshlang‘ich nur oqimi va unga mos keluvchi detektor qaydlarini taqqoslash orqali neytrino va antineytrinoning o‘zaro balansi qonuniyatlarini aniqlashga uringan.

    Tajriba natijalariga ko‘ra, neytrino va antineytrino miqdorida ham muayyan qonuniyatga tayanadigan farq kuzatilmoqda, deb xulosa qildi yaponlar. Biroq bu xulosaning ishonchliligi 95 foiz deb aytilgani uchun uni hozircha ilmiy natija sifatida mukammal isbot deb qabul qilishga ham shoshmaslik kerak. U keyingi ilmiy ishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va tajribalar yana davom ettiriladi.

    Xususan, endi nazariyotchi fiziklar ushbu ma’lumotlarni past energetik neytrino uchun tatbiq qilgan holda yuqori energetik neytrino uchun ham ko‘rib chiqishlari mumkin bo‘ladi va ushbu zarrachalarning boshqa zarrachalarga qanday ta’sir qilish mexanizmlari mavjudligini modellashtiradi.

    20.04.2020, 22:25   Izoh (0)   28677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.