Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy Osiyoning gaz sanoatidagi eng yirik obyektlardan biri roppa-rosa ikki yil avval o‘zining benihoya boshlanishini boshidan kechirgan. 2018-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ishtirokidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasining tantanali ishga tushirish marosimi haqidagi reportajlar butun dunyoni aylanib chiqqan edi.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanining cheksiz sahro qum uyumlari o‘rtasida, go‘yoki sarobga o‘xshash bo‘lgan, afsonalardagidek ulkan obyekt — quvvati yiliga 8,1 mlrd m3 gaz bo‘lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ko‘z oldingizda gavdalanadi.

QGQIM — LUKOYL kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik, umumiy investitsiyalari hajmi 3,5 mlrd AQSh dollari bo‘lgan eng yirik loyihasidir.

Ko‘lami va ahamiyati shunchalik beqiyos bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun, LUKOYL kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda ilk bora jahonda tanilgan kompaniyalardan taqdim etilgan innovatsion texnologiyalar qo‘llangan. Bu GQIM da O‘zbekistonda birinchi marta 3 ta litsenziyaviy jarayon joriy qilingan: OASE™ aminli erituvchi yordamida kislotali komponentlarni ketkazishning texnologik jarayoni (BASF, Germaniya), regeneratsiya gazlarini tozalashning texnologik jarayoni SELEXOL™ (UOP, Buyuk Britaniya) va SUPERCLAUS® oltingugurt olishning texnologik jarayoni (JACOBS, Niderlandlar).

QGQIM qurilishida tamal toshining qo‘yilishi tantanali marosimi 2016-yil 19-aprel kuni bo‘lib o‘tdi–uni foydalanishga topshirish sanasidan roppa-rosa ikki yil avval boshlangani ham, albatta, bejiz emas.

Shu kundan boshlab zavodning qurilishi bir kun ham to‘xtamagan edi.10 ming ishchilar va mutaxassislar ulkan majmuaning barpo etilishi va uning infratuzilmasi yaratilishi borasida uzluksiz mehnat qilgan.

Jihoz-uskunalarni va materiallarni yetkazib berishni 30 ta davlatdan turli yetkazib beruvchilar ta’minlagan edi, bu davlatlar sirasiga Rossiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Germaniya, AQSH, Angliya, Chexiya, Fransiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlar kiradi.

Kompaniya rahbariyatining puxta o‘ylab amalga oshirilgan rejalashtirishi va samarali boshqarishi, hamda LUKOYL xodimlari va pudratchi tashkilotlarining urinishlari natijasi sifatida, sahroda 50 gektardan ortiq maydondagi yuzasida, bor-yo‘g‘i 8 oy ichida, loyiha muddatidan ham ilgariroq, beqiyos kattalikdagi texnologik vohaning binolari qad ko‘tardi.

QGQIM – zamonaviy muhandislik va yuqori texnologik tuzilmasi bo‘lgan betakror majmuadir. Bu majmuaning chinakam yuragi – gazni qayta ishlash zavodi bo‘lib, uning ikkita texnologik chizig‘ining ishlab chiqarish quvvati har biri uchun 4,05 mlrd m3 gaz bo‘lgan. Bu majmua tovar gazini, barqaror gaz kondensatini va oltingugurtni ishlab chiqaradi.

Majmuaning tarkibiga zavod yonidagi obyektlar, tashqi suv ta’minoti tizimi (55 km), elektr nimstansiyasi va elektr uzatish liniyalari (268 km), gazni yig‘ish tizimlari, oltita tarmoq maydonchalari, 71 ta quduq, eksport qilish gaz quvuri (70 km), avtomobil yo‘llari (285 km), hamda 1150 kishilik vaxta shaharchasi kiradi, unda ishchilarning qulay yashashi va to‘laqonli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Majmuani ishga tushirish O‘zbekiston Respublikasining hukumati zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, tabiiy xom ashyoni chuqurlashtirilgan qayta ishlash sohasida neft-gaz tarmog‘ining oldiga qo‘ygan vazifalarni hal etish imkonini beradi. Majmuaning ikki yillik faoliyati natijasida 16,8 mlrd m3 gaz, 17,9 ming tonna gaz kondensati, xamda 44,8 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarilgan.

QGQIMning ishga tushishi mintaqaning infratuzilmasi rivojlanishiga nihoyatda katta turtki berdi, va yangi ish o‘rinlarini yaratish, yosh kadrlarni zamonaviy ishlab chiqarishda ishlashga jalb qilish imkonini berdi.

Quyosh ufq ortiga botishi bilanoq, tungi sahro qorong‘usida, qum uyumlari orasida millionlab chiroqlar yona boshlaydi, ular ko‘z o‘ngimizda butun bir yonayotgan shaharni hosil qiladi. Qushlar uchadigan balandlikdagi Qandimning manzarasi ayniqsa ajoyib va hayratlanarli bo‘ladi, bu yerda lipillab turgan ko‘plab chiroqlarning o‘ziga maftun qiluvchi panoramasi namoyon bo‘ladi. Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ulkan qiyofasi inson yaratgan “mo‘jizadan” qoyil qoldirib, nihoyatda zavqli unutilmas taassurot qoldiradi.

“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi