Karantin paytida uy sharoitida chizkeyk tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qilishni istasangiz, quyidagi retsept siz uchun.
Kerakli mahsulotlar:
- Pechenye — 300 gramm
- Shakar — 2 piyola
- Sariyog‘— 100 gramm
- Eritilgan pishloq — 900 gramm
- Tuxum — 5 dona
- Un — 3,5 piyola
- Limon
- Vanilin — 1 osh qoshiq
- Tuz — bir chimdim
- Pechenyeni o‘qlov bilan uqalang, unga 4 osh qoshiq shakar solib aralashtiring.
- Pechenyega sariyog‘ni eritib soling va qo‘lingiz bilan bosib massa holiga keltiring.
- 10 daqiqaga qizigan duxovka, 180° darajaga qo‘ying.
- Pishloq, shakar, limon sharbati, tuz va vanilin qo‘shib aralashtiring.
- Un qo‘shib aralashtirishda davom eting, keyin tuxumni bitta-bitta chaqib qo‘shing.
- Aralashma quyilganidan keyin pechdagi pechenye ustiga quying va qayta 1 soatga qo‘ying.
- Pishgan shirinlikni pechdan olgach xona haroratida sovuting.
- Fantaziyangizga qarab mevalar bilan bezating va yarim soat muzlatkichga qo‘ying.
Izoh (0)