Buyuk Britaniyadagi Stokport shahrida yashovchi fuqaro pandemiya davrida o‘zi va qo‘shnilarining ko‘nglini ko‘tarishning ajoyib usulini o‘ylab topdi, deb yozadi Esquire.
U har kuni ikkita bahaybat o‘yinchoq ayiqlar Ted va Ed uchun turli xil mashg‘ulotlarni o‘ylab topadi. Ushbu gigantlar uydagi hamma og‘ir ishlarni bajaradi. Masalan, o‘tin yoradi, mashinani yuvadi, gazonni tartibga keltiradi.
Ayiqlar bo‘sh vaqtlarini ham o‘ziga xos tarzda o‘tkazadi. Ted va Ed birgalikda monopoliya o‘ynaydi, balet kiyimida gimnastika bilan shug‘ullanadi yoki toza havoda choy ichib o‘tiradi.
Ayiqlarning egasi Bored Panda nashri bilan suhbatda ismini oshkor qilishni istamagan, buning o‘rniga ayiqlarning o‘ziga so‘z bergan. Ayiqlarning “so‘zlariga” ko‘ra, ushbu g‘oya tufayli ular ko‘plab muxlislarga ega bo‘ldi.
“Biz turli yoshdagi ko‘plab do‘stlar orttirdik. Ulardan muntazam ravishda rasmlarimiz yopishtirilgan xatlar olmoqdamiz. Ted suratlarni yoqtiradi, u suratlardan xotiralar devorini yaratmoqda. Ularga kechqurun qarab yotamiz. Xatlarga javob ham yozamiz”, — deyiladi ayiq Edning nomidan.
Xabarda aytilishicha, ayiqlar yangiliklarni kuzatib boradi.
Izoh (0)